“Bolamning bolalari yetim bo‘lib qolmasin” – farzandining dardi oldida ojiz onaning iztiroblari
Hayotda hammaning o‘ziga yarasha tashvishi bor. Kimdir dard, kimdir yo‘qchilik yana kimdir boshqa narsa bilan sinaladi. Endigina 31 yoshni qarshilagan Iskandar ham yo‘qchilik, ham dard oldida ojiz qoldi.
Otasidan keyin oilaning yolg‘iz boquvchisiga aylangan yigitni jigar sirrozi yiqitdi. Onasi Muhabbat opa o‘g‘lining boshida parvona bo‘larkan, bir tomondan bolasidan ayrilishdan qo‘rqsa, bir tomondan ikki nabirasining yetim qolishidan xavotirda.
“O‘g‘limga gepatit B, D, jigar sirrozi, jigar yetishmovchiligi tashxislari qo‘yilgan. Shu kasalliklarga qarshi davolanyapti. Topganimiz davolanishga zo‘rg‘a yetib turibdi.
Shifokorlar zudlik bilan operatsiya qilish kerakligini aytishyapti. Jigar ko‘chirib o‘tkazish kerak ekan. Bu operatsiya Hindistonda qildirilarkan. Bolam ikkinchi guruh nogironi. O‘zining pensiyasi dorilariga urvog‘am bo‘lmayapti.
Turmush o‘rtog‘im vafot etganlar. Yolg‘iz boquvchimiz shu edi. Hozir hayotini saqlab qolish uchun qayerdan mablag‘ olishni ham bilmayapmiz. Bolamning bolalari yetim bo‘lib qolmasin, deb kun-u tun duodaman”, deydi onaizor o‘kinch bilan.
Yurtimizda saxovatpesha insonlar bor ekan, onaizorning nolalari besamar ketmasligiga ishonamiz.
Iskandar Parmonovga oid ma’lumotlar: kartalar bemorning nomida
Uzkard: 8600 0604 8356 3624
Humo: 9860 0825 0915 5543
Manzil: Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani, “Mirzacho‘l” MFY, Nayman ko‘cha 30-uy.
Tavsiya etamiz
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Britaniyalik 2 yoshli bola Mensa tarixidagi eng yosh dahoga aylandi
Jahon | 01:08
-
Istanbullik erkak har kuni ishga borish uchun Bosfordan suzib o‘tishi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 00:40
-
«Ahmoqlar. O‘t ochishni to‘xtatish o‘limlar bo‘lmasligi uchun kerak» - Zelenskiy
Jahon | 23:33 / 02.06.2025
Mavzuga oid

20:18 / 08.05.2025
Bill Geyts 20 yil ichida deyarli barcha boyligini xayriyaga yo‘naltirishiga va’da berdi

15:18 / 06.03.2025
“Ezgu Amal” jamg‘armasi yangilangan nizomini e’lon qildi

15:30 / 03.02.2025
O‘zbekistonda “Ona uyi” xayriya loyihasi taqdimoti o‘tkazildi

13:54 / 31.01.2025