Jahon | 13:59 / 23.11.2022
9130
3 daqiqa o‘qiladi

«Gazprom» Ukrainani Moldovaga borayotgan gazni olib qo‘yishda aybladi

Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi fikricha, Ukraina mamlakat orqali Moldovaga borayotgan gaz tranzitining bir qismini olib qo‘ymoqda.

Foto: Picture Alliance

«Gazprom» Ukrainani Moldova uchun mo‘ljallangan «Sudja» gaz o‘lchash stansiyasidan (GO‘S) gaz olishda aybladi va yonilg‘i ta’minotini qisqartirish bilan tahdid qildi. Bu haqda Rossiya kompaniyasining 22 noyabr, seshanba kuni chop etilgan xabarida aytiladi

«Gazprom» «Moldovagaz» kompaniyasi bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha Moldova iste’molchilariga yetkazib berish uchun mo‘ljallangan Rossiya gazining Ukrainada qolib ketayotganini aniqlagani aytiladi. «Gazprom» tomonidan «Sudja» GO‘Sga Ukraina hududi orqali Moldovaga tranzit uchun yetkazib berilayotgan gaz hajmi Ukrainaning Moldova bilan chegarasida uzatilgan jismoniy hajmdan oshadi», deb da’vo qilmoqda Rossiya kompaniyasi. «Gazprom» ma’lumotlariga ko‘ra, «Ukraina hududida to‘plangan gazning umumiy hajmi» 52,52 million kubometrni tashkil qiladi. 

Moldova iste’molchilari uchun Ukraina orqali tranzit nomutanosibligi saqlanib qolsa, «Gazprom» 28 noyabrdan boshlab Ukraina orqali tranzit uchun «Sudja» GO‘Sga gaz yetkazib berishni kunlik miqdorda qisqartirishni boshlash bilan tahdid qildi. Rasmiy Kiyev va Kishinyov bu ma’lumotga hozircha izoh bermagan.

Urush boshlanganidan beri Yevropa davlatlari muntazam ravishda Rossiyani gaz ta’minotidan shantaj maqsadida foydalanganlikda ayblab keladi. Rossiya tomoni ayblovlarni rad etib, yetkazib berishning qisqarishini texnik sabablar bilan izohlamoqda. 

1 oktyabrdan boshlab «Gazprom» Moldovaga yetkazib berilayotgan gazning kunlik hajmini 30 foizga kamaytirdi va yetkazib berishning kamayishini Ukraina orqali gaz tranzitini cheklashga bog‘liq texnik muammolar bilan izohladi. Respublika prezidenti Mayya Sandu ta’minot hech qanday sababsiz to‘xtatilganini aytdi. 

«Gazprom», shuningdek, 2022 yil davomida Moldovagaz yetkazib berilgan gaz uchun to‘lov muddati bo‘yicha shartnoma shartlarini muntazam ravishda buzganligini, shuningdek, yetkazib berish hajmi bo‘yicha shartnoma majburiyatlarini o‘zgartirish uchun bir necha bor murojaat qilganini ta’kidladi. Shu munosabat bilan Rossiya monopolisti yetkazib berishni to‘liq to‘xtatish huquqini o‘zida saqlab qolishini aytdi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid