Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tovlamachilik yo‘li bilan 5 ming dollar olmoqchi bo‘lgan Toshkent metrosi xodimi va hokim yordamchisi ushlandi
2022 yil 16 noyabr kuni «Toshkent metropoliteni» DUK «Rejim va ichki xavfsizlik» xizmati hamda huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Foto: Toshkent metropoliteni
«Toshkent metropoliteni» xabariga ko‘ra, uning davomida tovlamachilik yo‘li bilan talab qilingan 5000 AQSh dollaridan 5 000 000 so‘m pulni «X.J.»dan olayotganida uyushgan jinoyat guruh a’zolari ushlangan.
Xabarga ko‘ra, X.G. («Toshkent metropoliteni» DUK xodimi), A.R. (Zangiota tumani «Bo‘zsuv» QFYda hokim yordamchisi) ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Tadbir davom ettirilib, ularning sheriklari Z.A. (vaqtincha ishsiz) va «A.B.» (vaqtincha ishsiz) ham qo‘lga olingani aytiladi.
Ma’lum qilinishicha, aybdorlarga nisbatan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan Jinoyat kodeksi 165-moddasi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:53 / 16.01.2026
Taftish.uz saytining 5 xodimi qo‘lga olindi. Ular tovlamachilik va firibgarlik jinoyatlarida ayblanmoqda
11:57 / 09.01.2026
Toshkentda taksichilardan pul undirgan guruh qo‘lga olindi
15:23 / 11.11.2025
Farg‘ona shahar IIB, ijarachi va opa-singil ishi: qamoq muddati uzaytirildi
18:41 / 03.09.2025