Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi to‘qqizinchi sanksiyalar paketini tayyorlamoqda
Yevropa Ittifoqi Moskvaning Ukrainadagi urushiga javoban Rossiyaga qarshi to‘qqizinchi sanksiyalar paketini faol ravishda ilgari surmoqda. Bu haqda Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayyen Finlandiyaga tashrifi chog‘ida aytib o‘tdi.
To‘qqizinchi sanksiyalar to‘plami ham iqtisodiy, ham individual cheklovchi choralarni o‘z ichiga olishi mumkin. Shu tariqa, Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiya Federatsiyasi yuridik va jismoniy shaxslarining muzlatilgan aktivlarini musodara qilish imkoniyatini ko‘rib chiqishi ehtimoli mavjud.
6 oktyabr kuni Yevropa Ittifoqi Ukraina to‘rt hududining Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qo‘shilishi munosabati bilan Rossiyaga qarshi sakkizinchi iqtisodiy va individual sanksiyalar paketini kiritdi, jumladan, Rossiya nefti narxining yuqori chegarasi, savdoni 7 milliard yevroga cheklash choralari, shuningdek 30 nafar jismoniy va 7 nafar yuridik shaxsga nisbatan cheklovchi choralar joriy etildi.
Bundan oldin Yevropa Ittifoqi Rossiyaning qariyb 68 milliard yevrolik aktivlarini muzlatib qo‘ygandi.
Jurnalistlarning ma’lumotlariga ko‘ra, muzlatilgan mablag‘larning qariyb 50 milliard yevrosi Belgiyada, yana 5,5 milliardi Lyuksemburgda. Italiya, Germaniya, Irlandiya, Avstriya va Fransiya bilan birgalikda muzlatilgan aktivlarning 90 foizdan ortig‘i ushbu davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Ukrainadagi tajovuz uchun Yevropa Ittifoqi sanksiyalari natijasida muzlatilgan Rossiya milliy zaxiralari hajmi taxminiy ravishda 33,8 milliard yevroga baholanmoqda.
Yevrokomissiya, bundan tashqari, yaqin kelajakda YeI kengashi sanksiyalardan qochishni jinoyat deb tan olishini kutmoqda, deya xabar beradi Politico. Bu ayblov xulosasi chiqarilgan taqdirda mol-mulkni musodara qilish tartibini osonlashtiradi. Bu bilan bog‘liq qiyinchiliklar, xususan, Polshada paydo bo‘lyapti. Uning vakili Varshava Yevropa Ittifoqi tashabbusini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini, ammo uni amalga oshirish uchun tegishli milliy qonun qabul qilish zarurligini tushuntirdi.
Yevropa Ittifoqining yangilangan sanksiyalar ro‘yxatiga hozirda 1241 jismoniy va 118 yuridik shaxs kiritilgan – ular Ukraina hududiy yaxlitligi va suverenitetiga putur yetkazishda ishtirok etgan deb hisoblanadi. Jazo choralari ro‘yxatiga aktivlarni muzlatish va Yevropa Ittifoqiga kirishni taqiqlash kiradi.
Mavzuga oid
21:03 / 19.11.2024
Rossiyada dollar yil boshidan beri birinchi marta 100 rubldan oshdi
18:44 / 19.11.2024
Ukraina ATACMS raketalari bilan Rossiya hududiga birinchi zarbani berdi
16:48 / 19.11.2024
Rossiyada yadroviy portlashdan himoyalovchi mobil boshpanalarni seriyali ishlab chiqarish boshlandi
13:31 / 19.11.2024