Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston parlamentida Bishkekni derusifikatsiya qilish taklif etildi
Qirg‘iziston parlamenti spikeri Shakiyev Bishkekdagi tumanlarning ruscha nomlarini o‘zgartirishga chaqirdi.
Foto: Akipress
Bishkek hokimiyati zudlik bilan shahar tumanlari nomini davlat tiliga mos ravishda o‘zgartirib, derusifikatsiya qilishi kerak. Bunday chaqiriqni Qirg‘iziston parlamenti spikeri Nurlanbek Shakiyev umummilliy qurultoydagi chiqishi chog‘ida aytdi.
Siyosatchining fikricha, mamlakat rahbariyati qirg‘iz tilini rivojlantirish bo‘yicha rejalarni to‘liq amalga oshira olmadi va taklif etilayotgan chora bu yo‘lda birinchi qadam bo‘lishi mumkin. «Qirg‘izistondagi ba’zi aholi punktlari hamon boshqa tillarda nomlanadi», - deb e’tiroz bildirdi Shakiyev.
Qirg‘iziston parlamentining ayrim deputatlari ham xuddi shunday tashabbus bilan chiqishdi.
Masalan, Bishkek tarkibida Pervomayskiy, Oktyabrskiy, Leninskiy va Sverdlovskiy nomli tumanlar bor.
«Biz sof qirg‘izcha nomlarni berishimiz kerak», dedi deputat Oybek Oltinbekov.
Qirg‘izistonda so‘nggi parlament saylovlari 2021 yilning noyabrida bo‘lib o‘tdi. Natijalar tasdiqlanganidan keyin ma’lum bo‘lishicha, mamlakat tarixida birinchi marta rus millatiga mansub nomzodlardan hech kim qonun chiqaruvchi organga saylana olmagan. Boshqa milliy ozchiliklar orasida dunganlardan uch, o‘zbek va tojiklardan esa bir nafar deputat bor.
Mavzuga oid
18:42 / 08.05.2026
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston sug‘orish suvini yetkazish jadvalini kelishib oldi
07:40 / 07.05.2026
Qirg‘iz-tojik-o‘zbek chegarasidagi «Do‘stlik» xalqaro savdo-iqtisodiy parki konsepsiyasi taqdim etildi
22:02 / 02.05.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Qambarota GES-1” qurilishi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
18:24 / 29.04.2026