Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainadagi barcha AES tarmoqqa ulandi - MAGATE
Ukraina Rivne, Janubiy Ukraina va Xmelnitskiy atom elektr stansiyalari energiya tarmog‘iga qayta ulanganini tasdiqladi.
Ukrainaning barcha atom elektr stansiyalari elektr energiyasi to‘liq o‘chirilganidan so‘ng yana milliy energiya tizimiga ulandi.
Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) bosh direktori Rafayel Grossi o‘z bayonotida Ukrainaning Rivne, Janubiy Ukraina va Xmelnitskiy atom elektr stansiyalari elektr tarmog‘iga qayta ulangani va mamlakat ehtiyoji uchun elektr energiyasi ishlab chiqarayotganini tasdiqladi.
Chernobil AES ham elektr ta’minotiga ulandi. Avvalroq, Zaporijjya AES ham tashqi energiya tarmog‘iga ulangan edi.
10 oktyabrda Rossiya Federatsiyasi Ukrainaning muhim infratuzilmasiga raketa zarbalarini bergan va atigi bir kun ichida Ukraina energetika infratuzilmasining 30 foiziga zarar yetgan edi.
23 noyabr kuni Rossiya yana Ukraina energetika tizimiga zarba berdi. Shundan so‘ng, barcha atom elektr stansiyalari faoliyati to‘xtatilgan va mamlakatda jiddiy energetika inqirozi yuzaga kelgan edi.
Mavzuga oid
18:34 / 04.07.2026
Ukraina Peterburgga hujum qildi
17:15 / 04.07.2026
Zelenskiy Putinni Konstantinovka bo‘yicha yolg‘on bayonot berishda aybladi
11:30 / 04.07.2026
Rinkevichs: Ukrainada tinchlikka Yevropa ishtirokisiz erishib bo‘lmaydi
09:50 / 04.07.2026