Ukrainaning barcha hududlariga elektr energiyasini yetkazib berish boshlandi
Ukrainaning barcha hududlariga elektr energiyasini yetkazib berish boshlandi. Bu haqda Ukraina prezidenti devoni rahbari o‘rinbosari Kirilo Timoshenko ma’lum qildi.
«Birinchi navbatda, muhim infratuzilma obektlari tarmoqqa ulandi, maishiy iste’molchilarni ulash bosqichma-bosqich davom etmoqda», — deya qo‘shimcha qildi u.
Bundan oldin Yevroparlament Yevropa shaharlari ma’muriyatiga Ukrainaga turli turdagi bir necha yuzlab elektr generatorlarini yuborishga ruxsat beruvchi tashabbusni e’lon qilgandi.
Yevropa shaharlari tarmog‘i Eurocities va Yevropa Parlamenti Rossiya raketa hujumlaridan jiddiy zarar ko‘rgan Ukrainaning muhim infratuzilmasi ishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan «Umid generatorlari» kampaniyasini boshladi. Bu haqda Yevroparlament rahbari Roberta Metsola va Eurocities rahbari, Florensiya meri Dario Nardella matbuot anjumani chog‘ida ma’lum qildi.
«Biz ushbu kampaniyani boshlashga va bir necha kun ichida Ukraina uzluksiz elektr ta’minotini ta’minlashi uchun katta miqdordagi elektr generatorlarini o‘tkazishga tayyormiz», dedi Dario Nardella. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir «bir necha yuz generatorlar, hatto sanoat o‘lchamlari» haqida gap ketyapti. Nardellaning aytishicha, kelasi hafta Venada Eurocities tarmog‘iga kiruvchi shaharlar merlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi va unda «Umid generatorlari» tashabbusining aniqroq tafsilotlari muhokama qilinadi.
Keng miqyosli urush boshlanganidan beri Rossiya Ukrainaga qarata 4000 dan ortiq turli turdagi raketalarni uchirdi, mamlakat infratuzilmasining yarmi zarar ko‘rdi, vayron qilish darajasi ta’mirlash ishlari tezligidan oshib ketdi, dedi videoaloqa orqali matbuot anjumanida ishtirok etgan Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak.
Mavzuga oid
22:05 / 19.11.2024
Endi bizda ATACMS bor, undan foydalanamiz - Zelenskiy
20:58 / 19.11.2024
Baydenning ruxsati urushning borishiga qanday ta’sir qiladi?
18:44 / 19.11.2024
Ukraina ATACMS raketalari bilan Rossiya hududiga birinchi zarbani berdi
16:15 / 19.11.2024