Jahon | 16:30 / 25.11.2022
21186
7 daqiqa o‘qiladi

Xerson zarbalar ostida, Ukraina shimolida blekaut. Urush suratlari

Rossiyalik harbiylar Ukraina bo‘ylab raketa zarbalari yo‘llashda davom etmoqda: Xerson shahri harbiy ma’muriyati boshlig‘i Galina Lugovayaning xabar qilishicha, 24 noyabr kuni Xerson 17 bor o‘qqa tutilgan (oblastda jami o‘n kishi halok bo‘lgan; Kiyev va Kiyev oblastida hujumlar tufayli shaharlarning yarmi elektr ta’minotisiz yashamoqda. RF mudofaa vazirligi Kiyev bo‘ylab zarbalar berilganini rad etmoqda va shahardagi vayrongarchiliklarni ukrainlar havo hujumidan mudofaa tizimi faoliyati bilan bog‘lamoqda. Kiyev rasmiylari shahar aholisining bir qismini qishda shahardan tashqariga ko‘chirish bo‘yicha ssenariyni ko‘rib chiqmoqda.

Quyida 24 noyabr, urushning 274-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Rossiyaliklar zarbasi ostidagi Xerson

Rossiyaliklarning navbatdagi zarbasidan keyin Xerson verfida ko‘tarilgan tutun. 11 noyabr kuni ukrain qo‘shini Xersonga kirgandi, Rossiya shaharni tashlab chiqib, Dneprning chap sohiliga o‘tgan. Shundan buyon shahar o‘qqa tutilmoqda.
Chris McGrath / Getty Images
Qo‘shnilar va shifokorlar Xersonga rossiyaliklar zarbasi vaqtida yaralangan kishini olib chiqishmoqda. 24 noyabr kuni kunning ikkinchi yarmiga kelib Xerson shahri 17 bor o‘qqa tutilgan, bu haqda Xerson shahri harbiy ma’muriyati boshlig‘i Galina Lugovaya ma’lum qildi.
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Xersonda rossiyaliklarning shaharga hujumidan keyin zarba kelib tushgan hududni tozalayotgan kishi.
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Xersonda yonayotgan bino. Mahalliy telegram-kanallarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, rossiyyaliklarning 24 noyabr kungi zarbalari tufayli Jilposelok mikrorayonidagi turar joylar hududida ham yong‘in chiqqan.
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Adyol bilan yopib qo‘yilgan ayol tanasi. U rossiyaliklar Xersonni o‘qqa tutishi vaqtida halok bo‘lgan.
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Xerson rossiyaliklar tomonidan yana bir bor o‘qqa tutilishidan keyin vayronalar orasidagi aholi.
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Xersonda yaralangan kishi tez yordam mashinasi oldida.
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Rossiyaliklarning Xersonga hujumidan keyin vayronalar orasida kuchugi bilan yurgan keksa yoshli kishi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy kechqurungi videomurojaatida Xersonning o‘qqa tutilishi «mag‘lublar qasosi» ekanini aytdi. «Ular jang qilishga qodir emas. Ular hozircha qodir bo‘lgan yagona narsa — terror qilish (qo‘rqitib o‘z hukmini o‘tkazish). Energetika terrori yoki artilleriya terrori, yoki raketa terrori — mana Rossiya hozirgi rahbarlari davrida qanday darajagacha tanazzulga yuz tutdi», — dedi Zelenskiy. 
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA

Ukrainlar granatomyoti o‘rnatilgan baggi

Ukrain harbiy xizmatchilari Xersondagi oldingi chiziqda turib rossiyaliklarning pozitsiyalariga o‘t ochmoqda. Xerson Ukrainada Rossiya armiyasi bosqin boshidan buyon egallab olgan yagona oblast markazi bo‘lgandi. Shahar sakkiz oydan oshiq vaqt davomida Rossiya istilosi ostida yashadi. Endi Ukraina armiyasi navbatdagi qadamni tashlashga hozirlik ko‘rmoqda. Fotosuratlarda — ukrain harbiylari rossiyaliklar pozitsiyasini baggidan — dasht hududlarida harakatlanish uchun mo‘ljallangan avtomobildan turib o‘qqa tutmoqda. Ular SPG-9 granatomyotlari bilan jihozlangan.

Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA

Kiyev shahri va Kiyev oblastida navbatdagi zarba oqibatlari

Kiyev oblastining Vishgorod shahri aholisi vakillari rossiyaliklarning 23 noyabr kungi raketa zarbalaridan vayron bo‘lgan uy oldida. Ukraina hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, ikkita turar joy binosi zarbaga yo‘liqqan. Olti kishi halok bo‘lib, yana 30 kishi jabrlangan.
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Vishgorodda yashovchi qiz rossiyaliklar raketa hujumidan vayron bo‘lgan uydan mushukni olib chiqdi.
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Kiyevda suv olayotgan kishila, 24 noyabr. Rossiyaliklarning davomli raketa zarbalaridan keyin shaharning yarmi elektr ta’minotidan uzilgan. Shahar meri Vitaliy Klichkoga ko‘ra, rasmiylar tokni «imkon qadar qaytarish» uchun barcha imkoniyatni ishga soladi, ammo aniq muddat Ukraina energetika tizimida balans tiklanishiga bog‘liq bo‘ladi.
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Kiyevliklar shaharda tashkil etilgan maxsus punktda telefon va boshqa qurilmalarini quvvatlashmoqda. Rossiya zarbalaridan keyin Ukrainaning barcha hududlarida avariyali o‘chishlar kuzatilmoqda; Kiyev, Odessa va Chernihiv oblastlari to‘liq elektrdan uzilgan.
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Elektr to‘liq uzilgan mahalda Kiyev markaziy ko‘chasi bo‘ylab ketayotgan ayol.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Kiyev markazidagi ko‘chada yo‘lni chiroq bilan yoritib harakatlanayotgan kishilar
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Rossiya qo‘shini 23 noyabr kuni Ukraina energetika obektlari bo‘ylab yoppasiga raketa zarbalar berdi, natijada elektr energiyasida avariyali uzilishlar sodir bo‘ldi, Kiyev, Odessa va Chernihiv oblastlari butunlay ta’minotdan uzilgan. Yevropaning sun’iy yo‘ldoshdan olingan tasvirida Ukraina (tasvirning o‘ng qismida) zulmat ichida qolgani ko‘rinadi. Taqqoslash uchun: yuqori o‘ng burchakda Moskva va Peterburg aks etgan.
NASA WORLDVIEW / Reuters / Scanpix / LETA

 

Mavzuga oid