Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh hukumati Venesueladan neft import qilishga ruxsat berdi
Vashington ushbu mamlakat neftiga nisbatan qo‘yilgan sanksiyalarni yumshatdi.
Qo‘shma Shtatlar hukumati mamlakatdagi eng yirik neft kompaniyalaridan biri bo‘lgan Chevron korporatsiyasiga Venesueladan neft va neft mahsulotlarini import qilishga ruxsat berdi. Bunga hukumat va muxolifat o‘rtasida kelishuvga erishilgani sabab bo‘lgan.
Shu tariqa Vashington Lotin Amerikasidagi ushbu davlatga qarshi joriy etilgan sanksiyalarni yumshatdi.
«Chevron qo‘shma korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan neft yoki neft mahsulotlarini 6 oy davomida Qo‘shma Shtatlarga sotish, eksport yoki import qilishga ruxsat beriladi», deyiladi Moliya vazirligi litsenziyasida.
Avvalroq, The Wall Street Journal Vashington Chevron kompaniyasiga Venesuelada neft qazib olish uchun litsenziya bermoqchi ekani haqida xabar qilgan edi. Nashrning tushuntirishicha, bu Venesuelaga qarshi sanksiyalar yumshatilishiga ishoradir. Chevron kompaniyasi Petroleos de Venezuela SA bilan tuzilgan qo‘shma korxonalar orqali Venesuela konlarida neft qazib olish ustidan qisman nazoratni tiklashga qaror qildi.
AQSh Venesuelaga qarshi to‘liq iqtisodiy sanksiyalarni 2019 yil avgust oyida joriy qilgan edi.
Mavzuga oid
09:02 / 20.06.2026
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026