Jahon | 13:42 / 26.11.2022
20562
2 daqiqa o‘qiladi

London: Rossiya 1980-yillardagi qanotli raketalardan foydalanyapti

Foto: AP

Britaniya harbiy razvedkasining yangi hisobotiga ko‘ra, Rossiya Ukrainaga qarshi zarbalarda foydalanish uchun eskirgan qanotli raketalardan yadro kallaklarini olib tashlayotgan bo‘lishi mumkin

Ochiq manbalardagi tasvirlarda urib tushirilgan AS-15 Kent (X-55, RKV-500) havodan uchiriladigan qanotli raketa qoldiqlari aks etgan, u 1980-yillarda yadro qurolini tashish uchun maxsus ishlab chiqilgan, deyiladi Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi bayonotida.

Bundan oldin London Rossiya dezertirlarni otish uchun «to‘siq otryadlari» tuzayotgani to‘g‘risida ma’lum qilgandi.

Britaniya harbiy razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, shaxsiy tarkibning ruhiy holati pastligi va jang qilishni istamasligi sababli, rus armiyasi ehtimol «to‘siq otryadlarini» joylashtirishni boshlagan. 

Britaniya Mudofaa vazirligi tomonidan Twitter’da e’lon qilingan kunlik hisobotda aytilishicha, bunday bo‘linmalar o‘zlarining chekinayotgan askarlarini hujumga majburlash uchun otib tashlash bilan tahdid qilyapti va bundan avvalgi mojarolarda Rossiya kuchlari tomonidan foydalanilgan. 

Ma’lumotda gap qaysi mojarolar haqida ketayotganiga aniqlik kiritilmagan. 

Razvedka axborotiga ko‘ra, so‘nggi paytlarda rus generallari armiyadagi qo‘mondonlar dezertirlarga qarshi qurol ishlatishlarini, harbiylar esa o‘lgunicha safda turib, himoyalanishini xohlayapti. 

Dezertirlarni otish taktikasi rus qo‘shinlarining sifatsizligi, ruhiy holati pastligi va intizomsizlikdan dalolat berishi mumkin, deyiladi hisobotda.

Mavzuga oid