Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qayta jinoyat sodir etgan shaxslar yagona elektron ro‘yxatini yuritish yo‘lga qo‘yiladi
2022-2025 yillarda O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish strategiyasini 2023 yilda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” e’lon qilindi.
Jamoat tartibini buzgan, qayta jinoyat sodir etgan shaxslar yagona elektron ro‘yxatini yuritish va axborot tizimi orqali davriy monitoring qilib borish tartibini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilmoqda.
Bunda:
jamiyat manfaatlariga qarshi ma’muriy huquqbuzarlik va jinoyat sodir etgan shaxslar ro‘yxatini E-jamoat xavfsizligi axborot tizimida yuritish;
qayta jinoyat sodir etgan shaxslar ro‘yxatini E-jamoat xavfsizligi axborot tizimida yuritish;
ushbu shaxslar ro‘yxatini davriy monitoring qilib borish, uch martadan ortiq jinoyat sodir etgan shaxslarga, besh martadan ortiq jamiyat manfaatlariga qarshi ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan ta’sirchan profilaktik choralarni qo‘llash mexanizmlari belgilanadi.
Mavzuga oid
13:30 / 16.06.2026
Toshkentda maktab o‘quvchilari ishtirokidagi jinoiy guruh ushlandi
11:05 / 16.06.2026
Mijozlar bilan eng yomon ishlayotgan banklar ro‘yxati e’lon qilib boriladi
20:25 / 10.06.2026
Qozog‘istonda jinsiy zo‘ravonlik jinoyatlari tergovi ayol tergovchilarga topshiriladi
19:10 / 09.04.2026