O‘zbekiston elchixonasi Malayziyaga borishni rejalashtirgan fuqarolarga eslatma bilan chiqdi
O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, joriy yil noyabr oyida Uzbekistan Airways aviakompaniyasi “Toshkent-Kuala-Lumpur-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlari tiklanganidan so‘ng ushbu mamlakatga turli maqsadlarda yo‘l olayotgan mamlakat fuqarolari soni o‘sishi kuzatilyapti.
Hozirgi vaqtda Malayziyaga kirish uchun O‘zbekiston fuqarolariga 30 kungacha viza talab qilinmaydi. Malayziya migratsiya qonunchiligiga muvofiq, O‘zbekistondan kelayotgan fuqarolar quyidagilarni taqdim etishlari shart: amal qilish muddati 6 oydan kam bo‘lmagan xorijga chiqish pasporti; mazkur davlatga kirgan sanadan boshlab 30 kun ichida qaytish yoki uchinchi davlatga borish aviachiptasi.
Shuningdek, pasport nazoratidan o‘tayotganda fuqarolardan mehmonxona (yotoqxona)ni band qilgani to‘g‘risida hujjat va mamlakatda bo‘lishlari uchun yetarli mablag‘ mavjudligini tasdiqlash talab qilinishi mumkin.
Zarur hollarda Malayziya IIV Migratsiya departamenti vakillari chegara o‘tish joylarida (Kuala-Lumpur xalqaro aeroporti va boshqalar) chet el fuqarolariga mamlakatga kirishni rad etish huquqiga ega.
O‘zbekistonning Kuala-Lumpurdagi elchixonasi Malayziyaga borishni rejalashtirayotgan vatandoshlarni mahalliy hokimiyat organlari yuqoridagi talablarini inobatga olishga chaqirgan.
Mavzuga oid
10:10 / 29.10.2024
Malayziya O‘zbekiston davlat idoralariga quyosh panellarini o‘rnatishni boshlaydi
15:52 / 25.10.2024
Malayziyada ayol kasal eriga 6 yil g‘amxo‘rlik qildi, ammo erkak sog‘aygach, uni tashlab ketdi
13:10 / 21.10.2024
O‘zbekiston Malayziya bilan SI sohasida mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik o‘rnatadi
11:40 / 18.10.2024