O‘zbekiston | 09:29 / 28.11.2022
7372
3 daqiqa o‘qiladi

“O‘zbekneftgaz” AJ “DaVinchi mukofoti”ning “Davlat tashkilotlari orasida talabalar tanlovi” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi

“DaVinchi Management Consulting” kompaniyasi tomonidan har yilgi muntazam o‘tkazib kelinayotgan “DaVinchi mukofoti”ning 2022 yildagi tanlovida “O‘zbekneftgaz” AJ “Davlat tashkilotlari orasida talabalar tanlovi” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.

Foto: O‘zbekneftgaz

Mazkur nominatsiya bo‘yicha natijalar oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchi kurs talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan mustaqil so‘rovnomalar asosida shakllantirilgan.

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayevning tashabbusi bilan, jamiyat tomonidan oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining malakaviy va ishlab chiqarish amaliyotini ishlab chiqarish korxonalarida o‘tkazishda, ularga o‘qish jarayonida zarur shart-sharoitlar yaratib berishda doimiy hamrohlik qilish orqali bir qancha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, nafaqat boshqaruv ofisida balki neft va gaz qazib chiqarish va ularni qayta ishlash zavodlarida texnologik qurilmalari, jarayonlari bilan tanishtirish maqsadida oliy ta’lim tashkilotlari talabalariga malakali va tajribali xodimlar orasidan amaliyot rahbari biriktirib kelinmoqda.

Bundan tashqari, talabalarning amaliyoti davrida vaqtinchalik turar joy, uch mahal issiq ovqat va hududda transport vositasi bilan bepul ta’minlab kelinmoqda.

Shu bilan birgalikda, iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida oliy ta’lim tashkilotlarida neft, gaz va texnika yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar uchun kompaniyaning maxsus stipendiyalari joriy etilgan.

Xususan, joriy yilda 20 nafar talabaga ishlab chiqarish korxonalarining stipendiyalari tayinlangan bo‘lib, stipendiya g‘oliblari o‘qishni tugatishi bilan korxonaga mutaxassisligi bo‘yicha ishga qabul qilinadi.

Amalga oshirilgan ishlari samarasi o‘laroq bu yilgi tanlovda talabalar tomonidan “O‘zbekneftgaz” kompaniyasining foydasiga tanlovi yuqoridagi qilinayotgan tadbirlar natijasi deb hisoblash mumkin va bu yo‘nalishda faoliyatni yanada rivojlantirishga qaratilgan amaliy tadbirlar rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun: “DaVinchi Management Consulting” kompaniyasi biznesni boshqarish tizimini tahlil qilish, yaratish va joriy etish, biznes jarayonlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, mijoz-kompaniyalarning inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan boshqaruv konsaltingiga ixtisoslashgan.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid