BMT gumanitar yordam uchun 51,5 milliard dollar so‘ramoqda
BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi hisob-kitoblariga ko‘ra, 2023 yilda 68 mamlakatda 339 million kishi yordamga muhtoj bo‘ladi.
BMTning 1 dekabr, payshanba kuni e’lon qilingan yillik Global gumanitar sharhiga ko‘ra, 2023 yilda dunyodagi eng zaif 230 million kishiga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun rekord darajadagi 51,5 milliard dollar kerak bo‘ladi, bu joriy yil boshiga nisbatan 25 foizga ko‘p.
Birlashgan millatlar tashkilotining Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi (GMMB) hisob-kitoblariga ko‘ra, kelasi yili qo‘shimcha 65 million kishi yordamga muhtoj bo‘lib, 68 mamlakatda yordamga muhtoj insonlar soni 339 millionga yetadi. Bu sayyoradagi odamlarning 4 foizidan ko‘prog‘ini yoki taxminan AQSh aholisini tashkil qiladi. Hujjatda aytilishicha, 53 mamlakatda kamida 222 million kishi 2022 yil oxirigacha o‘tkir oziq-ovqat yetishmovchiligiga duch keladi, shundan 37 mamlakatda 45 million kishi ochlikdan o‘lish xavfi ostida.
«Bu yilgi ekstremal voqealar 2023 yilga to‘g‘ri kelishi sababli gumanitar ehtiyojlar hayratlanarli darajada yuqori», dedi Birlashgan millatlar tashkiloti bosh kotibining gumanitar masalalar va favqulodda yordam koordinatori Martin Griffits. «Pokistondan tortib Afrikagacha bo‘lgan hududdagi halokatli qurg‘oqchilik va suv toshqinlari. Ukrainadagi urush Yevropaning bir qismini jang maydoniga aylantirdi», deb tushuntirdi u va dunyoda 100 milliondan ortiq odam qochqinga aylangani yoki davlatlar ichida boshqa joyga ko‘chishga majbur bo‘lganini ta’kidladi.
Mavzuga oid
00:36 / 19.11.2024
Rossiya BMTning Sudanda o‘t ochishni to‘xtatish rezolyutsiyasiga veto qo‘ydi
16:16 / 16.11.2024
Ekspertlar: BMTning iqlim bo‘yicha konferensiyalari «maqsadlarga mos kelmaydi»
17:11 / 15.11.2024
Ilon Mask Eronning BMTdagi elchisi bilan maxfiy uchrashuv o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi
17:39 / 07.11.2024