Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston yog‘-moy sanoati ehtiyoji uchun Afg‘onistondan xomashyo olishni rejalashtiryapti
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Furqat Siddiqov va “O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi raisi o‘rinbosari Shuhrat Boltaboyev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo”.
Foto: Dunyo
Uchrashuvda mazkur soha bugungi holati va rivojlanish istiqbollari, tarmoq korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar eksporti hajmini oshirish va geografiyasini kengaytirish masalalari, bu boradagi mavjud muammolar muhokama qilindi.
Joriy yil yanvar-oktabr oylarida “O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi korxonalari tomonidan 14 davlatga jami 36,2 million dollarlik mahsulotlar eksport qilingani, yog‘-moy sanoatida yuqori texnologiyali, zamonaviy obektlar va quvvatlarni ishga tushirishga qaratilgan 12,4 million dollarlik 23 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish ko‘zda tutilgani ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston xorijdagi elchixonalari bilan birgalikda uyushma korxonalari ehtiyojlari uchun Pokiston, Afg‘oniston, Hindiston, Bangladesh, Markaziy Osiyo davlatlaridan xomashyo (chigit va kungaboqar pistalari) yetkazib berishni tashkil etish masalasini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
12:23 / 02.05.2026
Avstriya afg‘on muhojirlarini O‘zbekiston orqali deportatsiya qilishni rejalashtiryapti
11:34 / 28.04.2026
“Imperiyalar qabristoni” – nega yirik davlatlar Afg‘onistonni bo‘ysundira olmagan?
23:39 / 27.04.2026
Pokiston afg‘on universitetini o‘qqa tutdi: 7 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar yaralandi
11:30 / 23.04.2026