«Uchinchi davlatlarning kun tartibimizni shakllantirishga ta’siri yo‘q» - Sherzod Asadov
Prezident matbuot xizmati rahbari prezidentning Fransiyaga tashrifi va Ukrainadagi urush orasida aloqadorlik yo‘qligini aytdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga tashrifi Ukrainadagi urush tufayli emas. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov «Ozodlik» radiosiga bergan intervyusida O‘zbekiston tashqi siyosati qandaydir geosiyosiy voqealiklarga bog‘liq emasligi, uchinchi davlatlarning mamlakat kun tartibini shakllantirishga ta’siri yo‘qligini ta’kidladi.
«Davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarning dinamikasi yuqori darajada bo‘lsa, loyihalar va hamkorlikning ko‘lami ham shunga yarasha keng bo‘ladi. Bunga ehtiyoj bor edi, shu sababli tashrif amalga oshirildi.
Har qanday davlat o‘zining tashqi siyosiy kun tartibi milliy manfaatlaridan kelib chiqib belgilaydi. Biz ham bundan mustasno emas. O‘zbekistonning tashqi siyosati pragmatik yondashuv bo‘lib, qandaydir geosiyosiy voqealar va kon’yunkturaga bog‘liq emas. Qandaydir uchinchi davlatlarning kun tartibimizni shakllantirishga ta’siri yo‘q.
Bu avvalambor ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlardan kelib chiqqan holda bo‘layotgan tashrif va muloqotdir», – dedi Asadov.
U, shuningdek Yevropa Ittifoqi tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi bo‘yicha ham O‘zbekistonning asosiy siyosiy-iqtisodiy hamkori ekanligini ta’kidlab, o‘zaro muloqotdan ikki tomon ham manfaatdorligini bildirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida imzolangan 6 milliard yevrolik kelishuvlarning asosiy qismi quyidagi sohalarga to‘g‘ri keladi:
- 4 milliard yevro – sarmoyaviy va moliyaviy loyihalar uchun;
- 1 milliard yevro Fransiya taraqqiyot agentligi tomonidan kichik biznesni rivojlantirish va turli ijtimoiy loyihalar uchun texnik ko‘mak va grantlar shaklida;
- 1 milliard yevro esa o‘zaro savdoni yangi darajaga olib chiqadigan loyihalardan iborat.
«Yevroittifoq rasmiylari bilan bir necha yillik muzokaralar natijasida O‘zbekiston GSP+ doirasida benefitsiar mamlakat sifatida qabul qilindi. Bu Yevroittifoqqa 6200 xil mahsulotlar eksport qilish imkonini beradi. Buning uchun O‘zbekiston inson huquqlari va mehnat huquqlariga doir 27 ta konvensiyani imzoladi», – degan Sherzod Asadov.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina 5 ming tonna bug‘doy ortilgan Rossiya kemasini hibsga oldi
Jahon | 19:59
-
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi
Jamiyat | 19:49
-
Tramp: Qrim Rossiya bilan qoladi va Zelenskiy buni biladi
Jahon | 19:46
-
Tanzila Norboyeva Turkiya Buyuk Millat Majlisi rahbari bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 19:32
Mavzuga oid

19:59
Ukraina 5 ming tonna bug‘doy ortilgan Rossiya kemasini hibsga oldi

18:33
MRB direktori o‘rinbosarining o‘g‘li Ukrainada halok bo‘lgan. U Rossiya tomonida turib jang qilgan

18:30
Fransiyalik olimlar akulalar hujumining ortishiga ijtimoiy tarmoqlar aybdor ekanini aytdi

13:55