Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Benzin eng qimmat va eng arzon mamlakatlar e’lon qilindi
Hongkong, Markaziy Afrika Respublikasi va Islandiyada benzin eng qimmat, Meksika va Gvatemalada eng arzon ekani ma’lum bo‘ldi.
Benzin narxi eng yuqori bo‘lgan mamlakatlar reytingida Hongkong peshqadamlik qilmoqda. Ushbu mamlakat aholisi 1 litr benzin uchun o‘rtacha $2,5 (27,8 ming so‘m) sarflayapti.
Reytingda ikkinchi o‘rinni Markaziy Afrika Respublikasi egallab turibdi - $1,9. Uchinchi o‘rinda – Islandiya $1,8.
2022 yilda benzin eng qimmat bo‘lgan mamlakatlar o‘nligi (1 litr uchun AQSh dollarida):
$2,5 – Hongkong;
$1,9 – Markaziy Afrika Respublikasi;
$1,8 – Islandiya;
$1,8 – Norvegiya;
$1,7 – Barbados;
$1,7 – Daniya;
$1,7 – Gretsiya;
$1,7 – Finlyandiya;
$1,7 – Niderlandiya;
$1,6 – Belgiya;
2022 yilda benzin eng arzon bo‘lgan mamlakatlar o‘nligi (1 litr uchun AQSh dollarida):
$1,02 – Meksika;
$1,02 – Gvatemala;
$1,04 – Honduras;
$1,04 – Gruziya;
$1,04 – Janubiy Afrika;
$1,04 – Tanzaniya;
$1,04 – Fiji;
$1,04 – Xitoy;
$1,05 – Liberiya;
$1,05 – Kamboja.
Tadqiqotda O‘zbekiston bo‘yicha ma’lumotlar keltirilmagan.