O‘zbekiston | 11:57 / 05.12.2022
3207
1 daqiqa o‘qiladi

Sloveniya tashqi ishlar vaziri 2023 yilda O‘zbekistonga keladi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Lodz shahrida Sloveniya bosh vaziri o‘rinbosari - tashqi ishlar vaziri Tanya Anna Fayon bilan uchrashdi.

Foto: Dunyo

Muloqotda o‘zaro manfaatli barcha yo‘nalishlarda davlatlararo hamkorlikni, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Bo‘lajak muloqotlar jadvali va tashkiliy jihatlari, Sloveniya tashqi ishlar vazirining 2023 yilda O‘zbekistonga rejalashtirilgan tashrifi ko‘rib chiqildi.

Vazirlar keng doiradagi masalalarni muhokama qilish imkonini beruvchi TIVlararo siyosiy maslahatlashuvlar amaliyotini davom ettirish zarurligini qayd etdi. Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy soha ikki tomonlama hamkorlik ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Tomonlar elektronika, farmatsevtika va kimyo, metallurgiya sanoati sohalarida investitsiya aloqalarini kengaytirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

Muzokaralarda dolzarb mintaqaviy masalalar, Afg‘onistondagi mavjud vaziyat muhokama qilindi. Sloveniya tomoniga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Afg‘oniston hukumati bilan tomonlar majburiyatlarini bosqichma-bosqich bajarish algoritmini tayyorlash va kelishish uchun yuqori darajadagi xalqaro muzokaralar guruhini shakllantirish tashabbusi haqida ma’lumot berildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid