Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bloomberg: Rossiya o‘z neftining «quyi narxini» belgilaydi
Rossiya hukumati neft narxining minimal qiymatini joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bunday qaror G‘arb tomonidan Rossiya nefti narxining yuqori chegarasini belgilash choralariga javoban qabul qilinishi mumkin.
Foto: Andrey Rudakov/Bloomberg
Bloomberg xabariga ko‘ra, Moskva ikki variantni ko‘rib chiqmoqda: yo qat’iy belgilangan «pastki» narx yoki Brent va WTI neftiga nisbatan maksimal chegirma miqdori.
Rossiya o‘z mijozlariga bozorga asoslangan oddiy va tushunarli narx mexanizmini taklif qilishga intilyapti. Ikkala mexanizm ham Rossiyaning barcha kompaniyalari uchun yagona standartni joriy etishni o‘z ichiga oladi: bu neftning minimal narxi yoki xalqaro benchmarkka nisbatan maksimal chegirma. Ikkala ko‘rsatkich ham «suzuvchi» bo‘ladi - ya’ni ularning hajmi joriy bozor sharoitlariga qarab o‘zgaradi.
Shu bilan birga, Rossiya rasmiylari bunday choralarni neft biznesi vakillari bilan muhokama qilmagan. Agentlikning qayd etishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning barcha neft kompaniyalarini, shuningdek, Rossiya kompaniyalari bilan hamkorlik qiluvchi treyderlarni belgilangan choralarga rioya qilishga majburlovchi tegishli farmonni imzolamoqchi. G‘arb koalitsiyasi tomonidan belgilangan 60 dollarlik yuqori chegaraga rioya qilishga rozi bo‘lgan mamlakatlarga Rossiya o‘z neftini yetkazib bermaydi.
5 dekabrdan Rossiya nefti narxining yuqori chegarasi mexanizmi kuchga kirdi, agar neft narxi bir barrel uchun 60 dollardan yuqori bo‘lsa, Rossiya kompaniyalariga xizmat ko‘rsatish taqiqlanadi. Sanksiyalar moliyaviy, logistika, sug‘urta va boshqa turdagi xizmatlarga nisbatan qo‘llaniladi. Kelajakda, agar bozor kon’yunkturasi buni talab qilsa, narx chegarasi qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Mavzuga oid
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025
Germaniya Boltiq dengizidagi Rossiya samolyoti tufayli qiruvchilarini havoga ko‘tardi
12:25 / 22.09.2025