Jahon | 16:00 / 06.12.2022
14901
7 daqiqa o‘qiladi

Kiyev atrofidagi qochqinlar shaharchasi va Baxmut mudofaasidagi jangchilar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 285-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya yana Ukraina hududi bo‘ylab raketa zarbalari yo‘lladi. Energetika infratuzilmasi shikastlangan, kamida ikki kishi halok bo‘lgan. Ukraina tomoni uchirilgan 70 raketadan 60 dan ortig‘i tutib qolinganini ma’lum qildi. Raketalardan biri Moldova hududiga tushgan (mahalliy nashrlarga ko‘ra, u ukrainlar havo hujumidan mudofaa tizimidan otilgan bo‘lishi mumkin). Hozircha Moldova hukumati bu borada batafsil ma’lumot bermadi;
  • 5 dekabr tongida Rossiyaning Ryazan va Saratov oblastlaridagi aerodromlariga dronlar hujumi ro‘y berdi. RF mudofaa vazirligi bunda Ukrainani ayblagan. RF mudofaa vazirligi havo hujumidan mudofaa kuchlari dronlarni urib tushirganini aytdi, ammo quruqlikda uch harbiy xizmatchi halok bo‘lgan;
  • BMT Ukraina aholisi orasidagi urush qurbonlari bo‘yicha yangi ma’lumotni tasdiq etdi: 24 fevraldan 4 dekabrga qadar 6702 kishi halok bo‘lib, 10479 kishi jarohatlangani rasman tasdiqlangan. Qurbonlar orasida 424 bola bor, 775 bola yaralangan.
  • Vladimir Putin «mersedes»da Kerch bo‘g‘ozi bo‘ylab o‘tgan ko‘prikda harakatlandi. Ko‘prikda harakat 8 oktyabr kungi portlashdan keyin to‘xtab qolgandi.

Kiyevliklar raketa zarbalari chog‘ida metroga tushib yashirinmoqda

5 dekabr kuni rossiyalik harbiylar yana bir bor Ukrainaning muhim infratuzilma obektlarini o‘qqa tutishdi. Dushanba kuni kunduzi havo trevogasi mamlakatning deyarli barcha hududlarida, jumladan Kiyev shahri va Kiyev oblastida yangradi. Poytaxt meri Vitaliy Klichko sirenalar chalinayotgan mahalda ko‘plab kishilar metroda yashiringani haqida xabar qildi. Keyinroq Ukraina prezidenti ofisi rahbari o‘rinbosari Kirill Timoshenko Zaporijjya oblasti Novosofiyevka qishlog‘ida ikki kishi halok bo‘lganini tasdiqladi, Kiyevda qurbonlar bo‘lgani haqida ma’lum emas.

Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Andrew Kravchenko / AP / Scanpix / LETA
Jeff J Mitchell / Getty Images

Ukraina bo‘ylab zarbalar oqibatlari

5 dekabr kungi yoppa raketa zarbalari vaqtida Cherkass, Zaporijjya, Kiyev, Vinnitsa, Odessa oblastlari, Xarkiv va Xerson shaharlarida portlashlar kuzatildi. Havo hujumidan ogohlantirish trevogasi e’lon qilingan va havo hujumidan mudofaa tizimlari ishga tushgan hududlarda elektr energiyasini avariyaviy uzish holatlari kuzatilgan. Bir qancha oblast markazlarida — Odessa, Jitomir va Mikolayivda — tok qisman o‘chgan. Odessada barcha nasos stansiyalari va suv ta’minotining zaxira liniyalari o‘chirilgan, oblast hududida — ikki infratuzilma obekti shikastlangan (aynan qaysilari ekaniga aniqlik kiritilmagan), bir kishi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. 

Zaporijjya shahridan 26 kilometr masofadagi Novosofiyevka qishlog‘ida vayrongarchiliklar
Dmytro Smolienko / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Zaporijjyada raketa zarbasi kelib tushgan joyda ishlayotgan qutqaruvchilar
Dmytro Smolienko / Reuters / Scanpix / LETA
Odessadagi do‘kon tok o‘chishi chog‘ida
Oleksandr Gimanov / AFP / Scanpix / LETA

Donetsk o‘qqa tutilishi oqibatlari

«DXR» hukumatiga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlari Donetskning Voroshilovsk va Kiyev rayonlariga to‘rtta raketa uchirgan. Zarba «Donetsk Siti» savdo markaz va «DXR» TIV binosi joylashgan hududga kelgan, tinch aholi vakillaridan to‘rt kishi halok bo‘lgan. Bundan tashqari, «LXR» «xalq militsiyasi» vakili Andrey Marochko Luhanskdan 42 kilometr masofadagi Alchevsk shahri o‘qqa tutilishi oqibatida o‘n kishi halok bo‘lganini xabar qilgan

Donetskdagi ko‘chada halok bo‘lgan kishi jasadi
Valentin Sprinchak / TASS
Donetskda zarba kelib tushgan joyda ishlayotgan qutqaruvchilar
Valentin Sprinchak / TASS
Donetsk o‘qqa tutilishi vaqtida vayron bo‘lgan ofis binosi
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Donetsk bo‘ylab zarbadan keyin tutun ichidagi o‘t o‘chiruvchi
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Kiyev atrofidagi qochqinlar shaharchasidagi hayot

Modul shaharchalar — harbiy harakatlar olib borilayotgan, shuningdek bosib olingan hududlardan ko‘chirib kelinganlar vaqtinchalik yashashi uchun binolar. Bunday shaharchalardan biri Kiyev yaqinidagi Borodyanka posyolkasida qurilgan. Uyini yo‘qotgan ukrainlar vaqtincha turar joylarda qanday yashayotgani quyidagi suratlarda.

Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA

Xerson oblastida eksgumatsiya va dafn marosimlari

Xerson oblastining ozod etilgan qismida Rossiyaning sakkiz oylik okkupatsiyasi chog‘ida halok bo‘lgan tinch aholi vakillari jasadlari aniqlanishi va qayta dafn etilishi davom etmoqda. Visokopilya posyolkasida (Xerson oblasti shimolida) yashovchi 67 yoshli Tamila Sergeyning erini rossiyaliklar o‘ldirishgan — uning jasadi endigina topildi va eksgumatsiya qilindi. 

Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Anna Voitenko / Reuters / Scanpix / LETA

Baxmut atrofidagi ukrain jangchilari

Rossiyalik harbiylar Donetsk oblastidagi asosiy maqsadi bo‘lgan Baxmut shahrini egallash uchun urinishlarini davom ettirmoqda. RF qo‘shinlarining bu yo‘nalishdagi asosiy kuchlari «Vagner» guruhi jangchilari bo‘lmoqda. 4 dekabr kuni Baxmut atrofida Ukraina tomonida jang qilgan olti nafar gruzin ko‘ngillisi halok bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Quyida Ukraina qurolli kuchlari jangchilari front chizig‘ida qanday hayot kechirayotgani va Baxmutni qanday himoya qilayotgani suratlarda. 

Narciso Contreras / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Narciso Contreras / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukrainalik harbiy Baxmutdan 55 kilometr masofadagi Kramatorsk shahri vokzalida qarindoshi bilan xayrlashmoqda
Abdullah Unver / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukrainalik shifokorlar Baxmut yaqinida yaralangan askarni operatsiya qilmoqda
Chris McGrath / Getty Images
Baxmut atrofidagi dala hospitalida elektr o‘chgan mahalda qahva qaynatayotgan harbiy vrach
Chris McGrath / Getty Images

Mavzuga oid