Mo‘g‘ulistonda namoyishchilar politsiya tomonidan tarqatib yuborildi
Hukumat binolarini egallamoqchi bo‘lgan odamlar mahalliy vaqt bilan soat 23:00 da tarqalib ketdi.
Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator politsiyasi shaharning markaziy maydonida qolgan namoyishchilarni tarqatib yubordi. Mahalliy vaqt bilan soat 23:00 da (Toshkent vaqti bilan 20:00) namoyishchilarning aksariyati tarqalib ketgan. Bu haqda mahalliy News.mn portali xabar bermoqda.
Avvalroq, Ulan-Bator meri Dolgorsuren Sumyaabazar namoyishchilarni tarqatib yuborish haqida buyruq bergan edi.
Namoyishlar chog‘ida odamlar g‘alayon ko‘tarib, politsiya xodimlariga hujum qilgan, shuningdek, hukumat binolarini egallamoqchi bo‘lgan edi. Ammo mahalliy vaqt bilan soat 21:00 holatiga ko‘ra, vaziyat tinchib qolgan. Politsiya odamlarni tarqalishga chaqirgan.
Namoyishlar paytida olti kishi, jumladan Hukumat saroyi xavfsizlik xizmatining to‘rt nafar xodimi yaralangan. Hukumat rahbarining davlat qarorgohigacha bo‘lgan yo‘l to‘sib qo‘yilgan.
Mo‘g‘uliston poytaxtidagi norozilik namoyishlari uch kundan beri davom etmoqda. Ular Mo‘g‘ulistondan Xitoyga eksport qilinadigan ko‘mir bilan bog‘liq korrupsiya mojarosi tufayli boshlandi. Ma’lum bo‘lishicha, Mo‘g‘ulistondan eksport qilinadigan ko‘mir miqdori Xitoy tomoni olgan miqdordan farq qiladi. Gap 1,8 milliard dollarlik 6,5 million tonna ko‘mir o‘g‘irlangani haqida ketmoqda. Namoyishchilar o‘g‘irlikda gumon qilinayotgan shaxslarning ismini oshkor etishni talab qilmoqda, ular orasida yuqori lavozimli siyosatchilar ham bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
12:50 / 04.11.2024
O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari Mo‘g‘ulistonga eksport qilinadi
22:25 / 04.10.2024
Mo‘g‘uliston vizalarni elektron shaklda berishni boshladi
09:40 / 07.09.2024
XJS prokurori: Mo‘g‘uliston Putinning tashrifi bo‘yicha tushuntirish berishi kerak
18:41 / 03.09.2024