Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Rossiya yuk tashish uchun qulay sharoit yaratishga kelishib oldi
Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Rossiya hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiya 3-majlisi doirasida 2022-2023 yillarda transport sohasida hamkorlik bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi («Yo‘l xaritasi») imzolandi.
Foto: Dunyo
O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov hamda Rossiya transport vaziri Vitaliy Savelev tomonidan imzolangan mazkur hujjatda tomonlar transport xavfsizligi sohasida davlatlar qonunchiligida bo‘layotgan o‘zgarishlar to‘g‘risida ikki tomonlama axborot almashinuvini tashkil etishga tayyorligini bildirdi.
«Yo‘l xaritasi»da O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida konteyner/refrijyerator yuk tashishlarni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish ko‘zda tutilgan.
Hujjatda transport sohasiga, O‘zbekiston raqamli intellektual transport tizimiga zamonaviy raqamli yechimlarni joriy etish hamda transport ta’limi sohasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari aks etgan.
Mavzuga oid
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025
Germaniya Boltiq dengizidagi Rossiya samolyoti tufayli qiruvchilarini havoga ko‘tardi
12:25 / 22.09.2025