Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Telegram SIM-kartasiz ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatini taqdim qildi
Endi ommaviy ijtimoiy tarmoqda akkaunt ochish uchun alohida xarid qilinadigan anonim raqamlardan foydalanish mumkin.
Foto: Kun.uz
6 dekabr kuni Telegram ma’muriyati navbatdagi yangiliklar haqida, jumladan, SIM-kartasiz akkaunt ochish imkoniyati haqida xabar berdi.
«Telegram orqali muloqot qilganda telefon raqamini begonalardan yashirish imkoni bor edi. Foydalanuvchi uni kimga ko‘rsatishni o‘zi hal qilishi va telefon raqami orqali o‘zini topishni taqiqlashi mumkin edi. Endi esa maxfiylikning yangi davri boshlandi. Bundan buyon Telegram akkauntini blokcheyn asosidagi anonim raqamlardan foydalangan holda, SIM-kartasiz ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin. Bunday raqamlarni Fragment platformasida xarid qilish mumkin», deyiladi ma’muriyat xabarida.
Bitta anonim raqamning narxi 9 TON (hozirgi kurs bo‘yicha deyarli 17 dollar) miqdorida belgilangan.
Mavzuga oid
11:20 / 17.03.2026
Rossiyada Telegram amalda ishlamay qoldi
20:05 / 13.03.2026
Rossiyada Telegram'da reklama joylashtirish noqonuniy deb ataldi
15:21 / 13.03.2026
Rossiya hududlariga Telegram bloklanishiga tayyorgarlik ko‘rish buyurildi
08:27 / 06.03.2026