21:56 / 07.12.2022
8708

BAA pasporti - «eng kuchli», O‘zbekiston pasporti – 69-o‘rinda 

Amirlik pasporti bilan dunyoning 121 davlatiga vizasiz kirish mumkin, O‘zbekiston pasporti bilan 28 davlatga. 

Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) pasporti eng katta xalqaro imtiyozlarni ta’minlovchi davlat hujjatlari reytingida 180 ball to‘pladi. 

Kanadaning Arton Capital konsalting kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, BAA pasporti dunyoning 121 davlatiga vizasiz kirish va 59 davlatga kirish chog‘ida viza olish imkonini beradi. Faqat 18 davlatga kirish uchun BAA fuqarolari oldindan viza olishi kerak. 

Reytingning ikkinchi qatorini (173 ball) Germaniya, Shvetsiya, Finlandiya, Lyuksemburg, Ispaniya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Avstriya, Shveytsariya va Janubiy Koreya pasportlari egallagan. Uchinchi o‘rinda 172 ball bilan AQSh pasporti qayd etilgan. 

O‘zbekiston pasporti reytingda 72 ball to‘plab, 69-o‘rinni egallagan. O‘zbekiston fuqarolari dunyoning 28 davlatiga vizasiz kirish va 44 davlatga kirish chog‘ida viza olish imkoniga ega. Ammo 126 davlatga kirish uchun oldindan viza olishi shart.

BAA pasporti 2021 yilda ham Arton Capital reytingida birinchi o‘rinni egallagan, shu paytda arab davlati fuqarolari uchun 104 ta vizasiz yo‘nalish bor edi.

Top