General Jörabekning sirli ölimi – Çor Rossiyasiga qarşi mardona jang qilgan Kitob begi aslida kim bölgan?
|18:08 / 07.12.202243 19619 min
General Jörabekni ayrimlar Turkiston mustaqilligi uçun kuraşgan şaxs deyişsa, boşqalar bekni çor Rossiyasiga «sadoqat bilan» xizmat qilgan xoin sifatida ta’riflaşadi. Avvaliga Kitob bekligini boşqargan, söng Rossiya armiyasi safida xizmat qilib, general unvonini olgan bu şaxsning hayoti oson keçmagan. General Jörabek 65 yoşida Toşkentda sirli ravişda öldirilgan. Kimdir uni ruslar, yana kimdir qasos oliş maqsadida mahalliy aholi öldirgan deydi.
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
Manbalarga köra, Jörabek 1840 yili Kitob bekligiga qaraşli Gulgunpuş qişloğida Qalandarqori xonadonida tuğilgan. Öşa paytlarda Buxoro amirligi Kitob va Şahrisabz bekliklarini hali tölaqonli öziga böysundira olmagan, ikki örtada qurolli töqnaşuvlar sodir bölib turardi.
1852 yili Buxoro amiri Nasrullo Şahrisabzga bostirib kirib, şahar ahlidan öziga qarşi çiqqanlarni qiliçdan ötkazadi. Şuningdek, bir guruh ösmir yoşdagi bolalarni keyinçalik sorboz qilib tarbiyalaş maqsadida Buxoroga olib ketadi. Ular orasida 12 yoşli Jörabek ham bor edi.
Tört yil amir xizmatida bölgan Jörabek, 16 yoşida uning işonçini qozonadi va töqsabo unvonini olişga erişadi. Bu lavozim bir qism sarbozlarga laşkarboşilik qiliş imkonini berardi. Keyinçalik, Jörabek Kitob bekligining begi böladi.
Taniqli olim Şarif Yusupovning yozişiça, Jörabek jasur, şerdek baquvvat, ötkir mergan, harbiy jang san’atini puxta özlaştirgan şaxs bölgan. Jörabek har qanday murakkab işlarni uddalaşga qodirligi bilan nafaqat öz hamyurtlarini, hatto çet ellik köpni körgan kişilarni ham hayratga solgan.
Jörabek Kitob bekligining begi bölgan davrda u bilan uçraşgan ingliz sayyohi Skayler bekning merganlik mahoratidan juda lol qolgan. Bu haqda Yu.Rassel 1878 yilda Peterburgda çop etgan «Örta Osiyo madaniyati va Şarqdagi siyosatimiz» kitobida keltirib ötgan.
Jörabek Kitob bekligini boşqarar ekan, amir bilan bir neça marta turli ixtiloflarga boradi.
«Jörabek tabiatan adolatparvar, insofli odam bölganidan özi hokimlik qilgan Şahrisabz-Kitob muzofoti aholisiga Buxoro amiri tomonidan solinadigan köpdan köp soliqlarga qarşi öqtin-öqtin norozilik bildirib turar, ularning ayrimlarining bekor qilinişiga muvaffaq bölar edi. Amir isyonkor bekdan tezroq qutulişni istar, bek esa ha deganda böy beravermas edi», deb yozgandi Şarif Yusupov «Şahzoda, General va Furqat» asarida.
Ana şunday vaziyatda 1865 yilda avvaliga Toşkentni egallagan Çor Rossiyasi armiyasi Buxoro amirligi uçun jiddiy xavf tuğdira boşlaydi va uning hududiga bostirib kiradi.
Amir Muzaffar qöşinlari Rossiya harbiylari bilan bölib ötgan janglarda yengiladi. Ruslar 1866 yilda Jizzaxni, 1868 yilda Samarqandni egallaydi. Amir Muzaffar ruslar bilan bitim tuzib, Rossiya vassalligini qabul qilişga majbur böladi.
Amirning ruslar bilan şarmandali bitim imzolagani Jörabek va uning dösti Şahrisabz begi Bobobekka yoqmaydi. Ular amirning öğli Abdumalik bilan ittifoq tuzib, Samarqandga qöşin tortadi.
Mavzuga oid
Ruslarga qarşi janglar va mağlubiyat
Jörabek va Bobobek boşçiligidagi qöşin kelayotganini eşitgan Samarqand ahli ruslarga qarşi boş kötaradi. Şahrisabzdan kelayotgan 20 ming kişilik qöşin Samarqandning ozodligi uçun kuraşayotgan qözğolonçilarga qöşiladi. Bölib ötgan şiddatli janglardan keyin Samarqand qaytarib olinadi.
Şundan söng Kaufman Toşkentdan katta qöşin jönatadi. Rossiya armiyasi töp, miltiq kabi ötoçar qurollarga ega edi. Şu sababli ular qiliç, nayza kabi ibtidoiy qurollar bilan öziga qarşi çiqayotgan Jörabek boşliq samarqandlik qözğolonçilarning qöşinini osongina yengib qöyadi. Bek Samarqandni taşlab çiqib, çekinişga majbur böladi.
Şahrisabzga qaytgan Jörabek öziga qarşi çiqqan amir Muzaffar qöşinlariga qarşi jang qiladi va ularni yengib çiqadi. Şundan söng amir Muzaffar Kaufmandan yordam söraydi.
Kaufmanning buyruği bilan Samarqandga örnaşgan rus qöşini Kitobga bostirib boradi. Jörabek öz sarbozlari bilan ruslarning kiçik bölinmalarini bir neça marta yengadi.
Şundan söng Kaufman Kitob va Şahrisabzni egallaş uçun yirikroq harbiy bölinmalarni taşlaydi. Özaro teng bölmagan janglarda Jörabek va Bobobekning qöşinlari yengiladi. Şu tariqa, 1870 yilning kuziga kelib ruslar Kitob va Şahrisabz bekliklarini ham bosib oladi va ularni amir Muzaffarga qaytarib beradi.
Amir Muzaffarning xoinligi tufayli yengilgan Jörabek va Bobobek toğlar orqali Qöqonga qoçişadi. Ularning maqsadi Qoşğarga borib, qöşin töplab keliş edi.
Ammo ular Qöqon xonligi hududiga kirişgaç, Xudoyorxon öz navkarlariga ularni tutib kelişni buyuradi. Navkarlar Jörabek va Bobobekni tutib borişgaç Xudoyorxon fon Kaufmanga özining döstligini isbotlaş ilinjida ularni avval Xöjandga, söng Toşkentga yuboradi.
Jörabek ruslar xizmatida
Fon Kaufman odamlar bilan muomala qilişda ustasi farang bölgan. U Jörabek va Bobobekni avvaliga bir muddat uy qamoğiga tiqib qöyadi. Keyin esa ularni öziga oğdirib oliş uçun ozod qiladi. Har ikki bekka sovğalar berib, ularni ziyofat qiladi.
Ruslar Qöqon xonligiga yuriş qilişni boşlaganda Xudoyorxonning xiyonatida qattiq ranjib yurgan Jörabek va Bobobek Kaufmandan bu uruşda qatnaşiş uçun ruxsat söraydi.
Şundan söng ikki bek Skobelev otryadiga qöşilişadi va Qöqon xonligining turli şaharlarini bosib olişda iştirok etişadi.
Jörabek Xudoyorxondan qasd oliş uçun rus askarlari bilan Qöqon xonligini bosib olişda iştirok etadi va bu uning şa’niga doğ tuşiradi.
Şarif Yusupovning yozişiça, Jörabekning rus armiyasi xizmatiga ötişi qay tariqa sodir bölgani haqida Nikolay Ostroumov fon Kaufman haqidagi kitobida qisqaça keltirgan.
«Sobiq Şahrisabz begi, hozirda rus armiyasi polkovnigi Jörabek fon Kaufman general-gubernator bölgan vaqtda rus qöşinlari tomonidan yengilib, Toşkentga olib kelingan va ma’lum muhlat hibsda saqlangan edi. Şundan söng general Kaufman uni öz boğiga taklif etadi va şunaqangi muomala topadiki, Jörabek özi uçun butunlay begona bölgan yangiça hayot tarziga könib, rus armiyasi xizmatida qolişga majbur böladi», deb yozgan Ostroumov.
Keyinçalik, 1880 yilda Farğona vodiysining turli hududlarida ruslarga qarşi isyonlar sodir bölganda Jörabek ularni bostirişda qatnaşadi. Şundan söng öşa yili unga polkovnik unvonini berişadi.
Ammo köp ötmay Jörabek çor Rossiyasining Turkiston xalqlariga nisbatan amalga oşirayotgan siyosatining asl mohiyatini tuşunib yetadi va unda norozilik kayfiyati şakllana boşlaydi.
Ayniqsa, fon Kaufman vafot etib, uning örniga 1882 yilda Turkiston general-gubernatori etib tayinlangan general-leytenant M.G.Çernyayev davrida bu yaqqol seziladi.
Jörabek general Çernyayev faoliyatini oçiqça tanqid qiladi, u tutgan yöl adolatsiz ekanini aytadi. Çernyayevga nisbatan Turkistonda kelib çiqqan noroziliklar tufayli 1884 yilda imperator uni Rossiyaga çaqirib oladi.
Çernyayevdan keyin Turkiston general-gubernatori bölgan N.Rozenbax, A.Vrevskiy, S.Duxovskiy, N.Ivanov va N.Tevyaşov Jörabekning mahalliy aholi örtasidagi obro‘-e’tiborini inobatga olib, u bilan yaxşi munosabatda bölişga urinişadi.
1884 yili polkovnik Jörabek 4-darajali muqaddas Vladimir ordeni bilan mukofotlanadi. 1901 yili unga «general» unvoni beriladi. 1904 yilda esa u 3-darajali muqaddas Vladimir ordeni bilan taqdirlanadi.
Xudoyorxonning xotiniga uylanmoqçi bölgan Jörabek
1879 yilda Qöqon xoni Xudoyorxon hajga borib qaytişda vafot etadi. Bu paytda uning xotini Oğaça oyim ikki farzandi bilan Turkistonda yaşayotgandi. Erining vafotini eşitgan ayol bolalarini olib Toşkentga qaytib keladi va şu yerda yaşay boşlaydi.
Öşa paytda Jörabek ham Toşkentda yaşardi. Şarif Yusupovning yozişiça, Oğaça oyim Toşkentda yaşar ekan, Jörabek unga uylanişga qaror qiladi. Ammo ayol könmaydi.
Jörabek Oğaça oyimga döq-pöpisa ham qilib köradi. Şunda Oğaça oyim unga «Men xon xotiniman, sallotning tengi emasman» deb javob beradi. Jörabek şundan söng ayolni tinç qöyadi.
Jörabek nega Oğaça oyimga uylanişga qaror qilgani haqida aniq gaplar yöq. Balki bek bir paytlar özini fon Kaufmanga tutib bergan Xudoyorxondan, garçi Qöqonning sobiq xoni vafot etib ketgan bölsa-da, şu taxlitda öç olişga uringan bölişi ham mumkin.
Oradan yillar ötib Xudoyorxonning kenja öğli Fansurullobek ulğaygaç Jörabek qizini unga berib, xonzodani kuyov qiliş harakatiga tuşadi. Oğaça oyim uning bu taklifiga qarşilik bildirmaydi. Şu tariqa Jörabek Oğaça oyim bilan quda, Fansurullobekka esa qaynota böladi.
Turkiston ozodligi uçun tarğibotlar va suiqasd
1905 yilda Sankt-Peterburgda xalq qözğolon kötaradi. Bu qözğolon Rossiyada «Birinçi inqilob» deb ataladi. Poytaxtda qözğolon boşlanganda vaziyatdan foydalangan Jörabek dösti Bobobek bilan Toşkentda Turkiston ozodligi uçun tarğibotlarni boşlab yuboradi.
Jumladan, 1905 yili 16 noyabrdan 29 dekabrgaça general Jörabek tört marta ziyolilar majlisini ötkazadi. Bu majlislarda Turkiston xalqlariga siyosiy va iqtisodiy erkinliklar yaratilişi talab qilingandi.
Generalning öz dala hovlisiga köplab millat fidoyilarini yiğib, Turkiston ozodligi uçun majlislar ötkazayotgani rus bosqinçilariga yoqmaydi.
1906 yil 24 yanvar kuni tunda Jörabek Qorasuvdagi dala hovlisida sirli ravişda öldirib ketiladi. Öşanda bosqinçilar generalning uyiga qanday kirib olganini heç kim sezmay qoladi.
Jörabekning ölimi turliça talqin qilinadi. Kimdir bu işda Turkiston general-gubernatorining qöli borligini aytsa, ba’zilar bunga uning jadidlar otasi Ismoilbek Gaspirali bilan maxfiy uçraşuvlari sabab bölgan, deyişadi.
Jörabekning sirli ölimi çor Rossiyasi hukumati tomonidan amalga oşirilgani haqiqatga yaqinroq. Çunki generalning rus bosqinçilaridan boşqa duşmanlari bölgani haqida umuman ma’lumot yöq.
Jörabek rus armiyasidan iste’foga çiqqaç, jadid maktablarini faol tarğib qilgan. Uning bunday maorifparvarlik faoliyati haqida u bilan uçraşgan qrimtatar ma’rifatparvari Ismoilbey Gaspirali keyinroq uning fojiali öldirilişi munosabati bilan yozgan ta’ziyanomasida şunday fikrlarni bildirgan:
«General Jörabek avvallari Kitob şahrining mustaqil hukmdori bölib, Rusiyaning duşmani sifatida asir tuşgan va Turkiston işlarida Rusiyaga sadoqat bilan xizmat qilgan. Marhum tuğma askar böliş bilan barobar ilm va maorifni ham juda sevgan bir kişi edi. «Tarjimon»ni (gazeta nazarda tutilyapti) çiqqan kunidan beri doimiy öquvçilaridan edi. Olloh undan öz rahmatini dariğ tutmasin».
Markaziy Osiyo tarixini örgangan akademik V.V.Bartold Jörabek bilan hamsuhbat bölgan va uning juda keng bilimga egaligini öz asarlarida hayrat bilan yozgan edi.
Jumladan, Bartold «Turkistonning madaniy hayoti» asarida general Jörabek bilan uçraşganda bölib ötgan suhbat tafsilotlarini şunday tasvirlaydi: «Jörabek şunday deydi: «Podşo (rus podşosi) hukmronligi xuddi möğul hukmronligiga öxşaydi. Ularda ham, ruslarda ham yuqori lavozimlarga yomon kişilar — xudbin, şaxsiyatparast va molparastlar tayinlangan».
Jörabek öldirilgandan bir neça kun ötib «Turkestanskaya vdomosti» gazetasida u haqda maqola beriladi. Maqolada general talonçilik qurboni bölgani yozilgan edi:
«Marhumning duşmanlari yöq edi. Şubhasizki, qotillik talonçilik maqsadida sodir etilgan: general Jörabek janobi oliylari Buxoro amiriga ajoyib boğini ijaraga bergani uçun kuni keça bir neça ming söm pul olgan edi. Jinoyatçilar javondagi barça buyumlarni, yozuv stoli ğaladonlarini, garderobni ağdar-töntar qilib taşlaşibdi, lekin çamasi, faqat pullarni öğirlab ketişibdi, xolos. Qimmatbaho buyumlarga, jumladan, javonda turgan öqlanmagan töpponçaga (hozirgi zamonda qimmatbaho hisoblanadigan buyum) qöl tekkizilmagan…» (Nabijon Boqiyning «General Jörabekni kim öldirgan?» maqolasidan)
Ruslar tomonidan çop etilgan gazetadagi xabardan ham uqiş mumkinki, bosqinçilar ommaning kötarilib ketişidan qörqib uning ölimini oddiy öğirlikka boğlaşgan.
Taniqli yozuvçi Nabijon Boqiy 1988 yilda «Yoşlik» jurnalida e’lon qilingan «General Jörabekni kim öldirgan?» maqolasida şunday deydi:
«Rasmiy hujjatlarda generalni çakana öğrilar öldirişdi deb qayd etilgan. Lekin öşa kezlardagi siyosiy vaziyatni nazarda tutsak, general Jörabek tasodif tufayli halok bölganiga işoniş qiyin; u milliy qasoskorlar tomonidan Inqilob nomi bilan qatl etilgan bölişi mumkin. Çunki Jörabek öz xalqiga xiyonat qilgan edi: u mustamlakaçilarga sidqidildan xizmat qiladi, mustamlakaçilik zulmiga qarşi kuraşgan xalq qözğolonçilarini qonga botiradi. Buning evaziga çor hukumatidan sadaqalar oladi».
Nabijon Boqiy öz maqolasida «Jörabek milliy qasoskorlar tomonidan Inqilob nomi bilan qatl etilgan bölişi mumkin», degan bölsa ham bu talqin haqiqatdan ança yiroq.
Çunki Jörabek rus bosqinçilari bilan Qöqon xonligini bosib oliş uçun olib borilgan uruşlarda 1874-75 yillarda qatnaşgan edi. Farğona vodiysida ruslarga qarşi kötarilgan qözğolonlarni bostiriş uçun olib borilgan janglarda 1880 yilda iştirok etgan. Oradan köp ötmay Jörabek harbiy xizmatdan iste’foga çiqqan.
Jörabek öldirilgan vaqtda uning ruslar bilan birga qözğolonçilarga qarşi olib borilgan janglarda iştirok etganiga 20-25 yillar bölgan, bu paytga kelib mahalliy aholi ruslar qöl ostida yaşaşga könikkan va köp işlar unutilib ketgandi.
Agar Jörabekni Qöqon xonligiga qarşi uruşgani yoki mahalliy aholining qözğolonlarini bostirişda işirok etgani uçun qasos oliş sifatida öldirmoqçi bölişsa, hali izlar sovimasdan turib bunga imkoniyat bölgan. Ammo unga heç kim tajovuz qilmagan.
Qolaversa, Jörabek Çor Rossiyasi armiyasidan öldirilişidan ança yil avval iste’foga çiqqan va 1905 yilda sodir bölgan birinçi inqilobgaça hamda undan keyin asosan Turkiston ozodligi uçun qayğurib kelgan.
Nabijon Boqiy özining maqolasida uning ruslar tomonidan öldirilgan bölişi mumkinligi haqidagi yana bir taxminni ilgari suradi:
«General Jörabekning fojiali ölimiga oid ikkinçi faraz ham mavjud: göyo u umrining oxirlarida progressiv rus ziyolilari bilan döstona munosabat örnatgan emiş va Turkiston general gubernatori iştirok etgan köpgina bazmi jamşidlarda çorizmning mustamlakaçilik siyosatini qoralaganmiş. Ehtimol, keyinçalik Jörabekning vijdoni qiynalgandir; keç bölsa-da közi oçilgandir — tiz çökib yaşaşdan köra, tik turib ölmoqni afzal deb bilgandir. Balki birinçi rus burjua-demokratik inqilobi ta’sirida, «Xalqim!» deb jonlarini fido qilayotgan rus inqilobçilari ta’sirida Jörabekning öttiz-öttiz beş yillik kör-körona sadoqati puturdan ketgandir?.. Şuning uçun oq podşo ayğoqçilari tomonidan öldirilgan bölsa ham ajab emas».
Jörabekning öldrilişi böyiça bildirilgan turli taxminlar orasida mana şunisi haqiqatga ança yaqinroq. Çor Rossiyasiga jonini tikib xizmat qilganida avvaliga polkovnik, söng general unvoni va ordenlar berilgan Jörabek armiyadan iste’foga çiqqaç Turkiston ozodligi haqida qayğurib, rus bosqinçilari uçun istalmagan şaxsga aylangandi. Şundan söng unga suiqasd qilingan.
Jörabekning boy kutubxonasi
General Jörabek ilm ahllari, adiblar bilan döstona aloqada böladi. Özining Qorasuvdagi boğida tez-tez ilm majlislari uyuştiradi. Şuningdek, Toşkentdagi madrasalarda ta’lim olayotgan talabalarning ta’minoti uçun mablağ ajratib turadi.
Bundan taşqari, uning özi ham şarq olimlari merosini qunt bilan örganadi umri davomida ilm-ma’rifatga katta ahamiyat beradi.
Jumladan, 1876 yilda Jörabek Peterburgga şarqşunoslar kongressiga vakil qilib yuboriladi. Bu anjumanda u çiqiş qiladi va öz bilimi bilan köpçilik şarqşunoslarni lol qodiradi.
Ilm-fanga muhabbati tufayli uning köplab nodir asarlarga boy kutubxonasi bölgan. Kutubxona Qorasuvdagi dala hovlisidagi binoda joylaşgan va Jörabek ilm ahllari bilan asosan şu yerda majlislar taşkil etgan.
Jörabek öldirilgandan söng uning Qorasuvdagi dala hovlisi farzandlari ixtiyorida qoladi. Oktyabr töntarişidan söng dala hovli va u yerda bölgan kutubxona generalning bolalaridan tortib olinib, davlat ixtiyoriga ötib ketadi.
Sovetlar davrida dala hovlidan turli maqsadlarda foydalaniladi. Mustaqillikdan keyin dala hovli mahalla idorasi sifatida işlab kelyapti. Hozirgi kunda Jörabekning dala hovlisidagi binolar köçmas madaniy obekt sifatida muhofazaga olingan.
Uning kutubxonasidagi turli kitoblar va qölyozmalar avvaliga Şarqşunoslik institutida, söngra Milliy universitetning asosiy kutubxonasiga ötkazilgan.
Jörabek va şoir Furqatning döstligi
Jörabek köplab ilm ahllari va adiblar bilan, şu jumladan şoir Furqat bilan ham döst tutingan edi.
Furqat Toşkentdaligida Jörabek bilan köp martoba uçraşadi, uning kutubxonasidan köp marotaba foydalanadi.
Şarif Yusupovning yozişiça, Şahrisabz begining ilm ahllariga va adiblarga bölgan hurmati va boşqa fazilatlari şoir Furqatga manzur bölgan. U Toşkentda yaşagan vaqtida köp vaqtini Jörabekning kutubxonasida ötkazadi.
Qolaversa, Jörabekning rus tilini, rus klassik adabiyotini yirik mutaxassislar darajasida bilişi ham Furqatni lol qoldirgan. Bundan taşqari, Furqatni Jörabek bilan boğlab turgan riştalar köp bölgan.
Ikki yil Toşkentda yaşagan Furqat dunyo böylab sayohatga otlanadi va 1893 yilda sayohatning söngida Şarqiy Turkistondagi Yorkent şahriga borib, şu yerda turğun yaşab qoladi. Şundan söng u ança yil Jörabek bilan özaro maktub yozişib turadi.
«Furqat Yorkentga kelişi bilanoq yozilgan maktubida (u 1893 yil 15 noyabrda «Turkiston viloyatining gazeti» gazetasida e’lon qilingan) «Janobi polkovnik Jörabekka köp salom» yöllaşi, hatto Toşkentga yozilgan eng sönggi salomnomasida (u 1905 yil 15 da bitilgan) «Hurmatli Jörabek dodxohga salomimiz bor» deya qayta-qayta ehtirom körsatgani bejiz emas», deb yozadi Şarif Yusupov.
Jörabek qurdirgan masjid
General din ahllarini va olimlarini ham juda hurmat qilgan. Masjidlarga yordam bergan. Şuningdek, Toşkentda öz mablağlari hisobidan masjid qurdirgan.
Jörabek qurdirgan masjid hozirgi «Islom ota» masjidi örnida bölgan va oktyabr töntarişidan bir neça yil ötib, manfur tuzum tomonidan dinga hujumlar uyuştirilganda yopib qöyiladi.
Keyinçalik, 1941 yilda masjid qayta oçiladi va faoliyat körsata boşlaydi. Özbekiston mustaqillikka erişgaç masjid binosi kengaytiriladi. Ammo 2015 yilda sodir bölgan yonğinda masjidning asosiy xonaqohiga jiddiy zarar yetadi.
Şundan söng bu yerda yangi masjid qurilişi boşlanadi. 7 oy deganda zamonaviy, mahobatli yangi masjid qurib bitkaziladi. Hozirgi kunda uşbu masjid «Islom ota» nomi bilan namozxonlarga xizmat qilmoqda.