19:29 / 08.12.2022
12360

«Oskar-2023» mukofotiga dastlabki nomzodlar e’lon qilindi

Eng yaxshi badiiy animatsion film, hujjatli film va xorijda suratga olingan film nominatsiyalariga da’vogarlar ma’lum bo‘ldi.

Foto: Reuters

Amerika kinoakademiyasining uch nominatsiya bo‘yicha «Oskar-2023» mukofoti uchun da’vogarlar ro‘yxati ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilindi.

Eng yaxshi badiiy animatsion film nominatsiyasiga 27 ta film da’vogarlik qilmoqda, jumladan, Gilermo del Toro tomonidan suratga olingan «Pinokkio», shuningdek, «Minonlar: Gryuvitatsiya», «G‘alati dunyo» va boshqalar.

Eng yaxshi hujjatli film nominatsiyasiga 144 ta kartina tanlab olingan. Jumladan, Venetsiya kinofestivali g‘olibi «Barcha go‘zallik va qon to‘kilishi», «Selena Gomes: ongim va men», «Devid Boui: Oyning orzusi». 15 ta filmni o‘z ichiga olgan qisqa ro‘yxat 21 dekabr kuni e’lon qilinadi.

Xorijda suratga olingan eng yaxshi film nominatsiyasida 92 davlat kartinasi da’vogarlik qilyapti. Jumladan, Alexandro Gonsales Inyarrituning «Bardo» (Meksika), «Bir paytlar kinoda» (Hindiston), «Korsaj» (Avstriya) va boshqalar.

Oskarni topshirish marosimi 2023 yil 12 martda o‘tkaziladi.

Top