“O‘zbekneftgaz”: “Uzbekistan GTL” zavodi dunyoning eng nufuzli “S&P Global Energy Awards” mukofoti g‘olibi bo‘ldi
Joriy yilning 23 sentabr kuni “O‘zbekneftgaz”AJning “Uzbekistan GTL” zavodi dunyo neft-gaz va kimyo sanoati sohasidagi eng nufuzli mukofoti, jahon energetika sanoatining “Oskar” mukofoti sifatida e’tirof etilgan “2022 Plats Global Energy Awards” – AQShning “S&P Global” nufuzli hakamlar hay’ati tomonidan dunyoning yetakchi korxonalari qatorida nomzod sifatida tanlangan edi.
Mukofotning “Uglevodorodlarni qayta ishlash sohasi va kimyo sanoatidagi ulkan yutuqlari uchun” nominatsiyasida g‘oliblik uchun O‘zbekistondagi “Uzbekistan GTL” zavodi bilan bir qatorda Xitoydagi “China Gas Holdings”, Lyuksemburgdagi “Clariter”, Hindistondagi “Hindustan Petrolium Corporation” va “Indian Oil Corporation”, AQShdagi “Kiewit”, “United Energy Trading”, “Valero Energy Corporation” kabi dunyoning yetakchi korxonalari ham nomzod sifatida kiritildi. Ta’kidlash joizki, ushbu kompaniyalarning barchasi bir necha mlrd dollarlik aylanmasiga ega va dunyoning yetakchi fond birjasi a’zolaridir.
8 dekabr kuni AQShning Nyu-York shahrida “S&P Global” tomonidan mukofot g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
G‘oliblikka saralashda “Uzbekistan GTL” zavodida xalqaro standartlarga to‘laqonli mos keluvchi yuqori sifatli va ekologik toza yonilg‘i mahsulotlari ishlab chiqarilishi, “GTL” mahsulotlaridan foydalanilganda atmosferaga zaharli chiqindi gazlar shakllanishi mavjud emasligi inobatga olingan. Shuningdek, zavodning ishlab chiqarish jarayonida innovatsion texnologiyalar, ilg‘or transformatsiya jarayonlarni tatbiq qilinishi va energetika sohasida notinch va nostabil paytlarda ishlab chiqarish jarayonlari boshqarishning operativligi va moslashuvchanligi hisobga olingan.
Ushbu mezonlar O‘zbekiston Respublikasi neft-gaz kimyo sanoati tarixida ilk bor dunyo miqyosida eng nufuzli hisoblangan mazkur mukofotning “Uglevodorodlarni qayta ishlash sohasi va kimyo sanoati” nominatsiyasida 2022 yil g‘olibi sifatida e’lon qilindi.
Ma’lumot uchun: S&P Global Plats ”– dunyoda sotilayotgan neft, neft mahsulotlari, gaz, neftkimyo va sanoat metallarining narxlari va kotirovkalarini nashr etuvchi amerikaning yirik va dunyoning o‘ta nufuzli axborot agentligi bo‘lib, 1909 yilda asos solingan.
2021 yilda “Masdar”, “IBM”, “Samsung Engineering”, “Bloom Energy”, “Cenovus Energy”, “Valero Energy Corporation” va boshqa dunyoning xalqaro yetakchi kompaniyalar turli xil nominatsiyalarda mukofotlangan.
“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ
Mavzuga oid
18:04 / 14.09.2024
Yirik energetika korxonalarining soliq to‘lovlari keskin qisqarishda davom etmoqda
21:27 / 05.09.2024
GTL zavodining davlatga soliq tushumi 2 barobarga kamaygani ma’lum bo‘ldi
20:27 / 29.08.2024
Yirik energetika korxonalari soliq to‘lashni keskin kamaytirdi
13:59 / 29.08.2024