AQSh Ukrainaga Leopard 2 tanklari yetkazib berilishiga qarshi emas
Germaniya Ukrainaga Leopard 2 tanklarini yetkazib berishdan bosh tortib, bu borada G‘arbda ishlab chiqarilgan tanklarni Kiyevga yetkazib bermayotgan NATOning boshqa a’zolari pozitsiyasiga ishora qilayotgandi. Biroq Vashingtonning bu borada hech qanday e’tirozi yo‘q.
AQSh ma’muriyatining yuqori martabali amaldori birinchi marta uning mamlakati Germaniyani Ukrainani zamonaviy tanklar bilan ta’minlashga to‘sqinlik qilayotgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi. AQSh davlat kotibi o‘rinbosari Vendi Sherman 9 dekabr, juma kuni Berlinda AQShning Ukrainaga Germaniyaning Leopard 2 tanklari hamda Patriot havo mudofaasi va zenit-raketa tizimlarini yetkazib berishga e’tirozi yo‘qligini, Kiyev ularni qat’iylik bilan talab qilayotganini aytdi. Bu haqda dpa agentligi xabar bermoqda.
«Ikkala holatda ham bizning pozitsiyamiz o‘zgarmaydi: Germaniya nima qilishi kerakligi Germaniyaning o‘zi tomonidan hal qilinadi», dedi Sherman. Uning qo‘shimcha qilishicha, Berlin «Germaniyaning o‘zi uchun to‘g‘ri qaror» qabul qiladi.
Germaniya kansleri Olaf Shols bir necha bor Germaniya G‘arbda ishlab chiqarilgan tanklarni Ukrainaga bitta o‘zi yetkazib berishni istamasligini ta’kidlagan, shuning uchun ba’zi tahlilchilar NATOning bunday yetkazib berishni qabul qilib bo‘lmasligi borasida birlashgan qarori mavjud, degan fikrda edi. Shu paytgacha NATO davlatlari Ukrainaga faqat sovet ittifoqida ishlab chiqarilgan tanklarni yetkazib bergan.
AQSh vakilining so‘zlari Germaniyaning Ukrainani Leopard 2 bilan ta’minlamaslik bo‘yicha ittifoqchilik majburiyatlari yo‘qligini anglatadi. Biroq, Berlin bu borada boshqa sabablarga ko‘ra qaror qabul qilishi mumkin.
Mavzuga oid
11:30
Qo‘rqmas jangchi – Saddam Husaynning nabirasi amerikalik askarlarga qarshi qanday jang qilgandi?
19:29 / 20.12.2024
Reuters: Bayden administratsiyasi Ukrainaga oxirgi harbiy yordam paketini e’lon qilishga tayyorlanmoqda
13:43 / 20.12.2024
O‘zbekistonning JSTga kirish bo‘yicha AQSh bilan muzokaralari rasman yakunlandi
22:32 / 18.12.2024