Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Reklamada dorini "noyob", "eng samarali", "eng xavfsiz" deb taqdim etish taqiqlanadi
AOKAda o‘tkazilgan brifingda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi axborot xizmati rahbari Mohruxsor Tog‘ayeva noto‘g‘ri reklamalar oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi.
Joriy yil 9 sentabr kuni yangi tahrirdagi “Reklama to‘g‘risida”gi qonun kuchga kirdi. Qonunga bir qator yangi tushunchalar, normalar belgilangan va reklamaga qo‘yilgan talablar kuchaytirildi.
Qonunda dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalar reklamasida taniqli shaxslar, tibbiyot xodimlari ishtirokidan foydalanish man etiladi. Dori vositasini noyob, eng samarali, eng xavfsiz deb taqdim etish mumkin emas.
Qayd etilishicha, biologik faol qo‘shimchalar reklamasida 647 ta holatda kamchiliklar aniqlanib, o‘z joyida bartaraf etilgan.
162 ta holatda qonunchilikda taqiqlangan totalizator va bukmeykerlik reklamasi aniqlangan va ular barchasi bartaraf etilgan.
50 dan ortiq totalizator va bukmeykerlik reklamasini noqonuniy ravishda yurituvchi saytlarga kirish mutasaddi idoralar orqali cheklab qo‘yildi.
Mavzuga oid
11:35 / 10.06.2026
Qariyb 900 mln so‘mlik sifatsiz va hujjatsiz dorilar aniqlandi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
08:15 / 04.06.2026
2030-yillarda yangi tish o‘stiruvchi dori bozorga chiqishi mumkin
17:11 / 19.05.2026