Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Stoltenberg: Ukrainadagi urush NATO bilan urushga aylanishi mumkin
NATO bosh kotibi Ukrainadagi jangovar harakatlar nazoratdan chiqib ketishidan xavotirda. Bu urush NATO va Rossiya o‘rtasidagi keng ko‘lamli urushga aylanishi mumkin, deya ogohlantirdi u.
NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Rossiyaning Ukrainada boshlagan urushi Rossiya va Shimoliy Atlantika alyansi o‘rtasidagi mojaroga aylanib ketishi mumkinligidan xavotirda. «Ukrainadagi urush dahshatli. U NATO va Rossiya o‘rtasidagi keng ko‘lamli urushga ham aylanib ketishi mumkin. Biz buning oldini olish uchun har kuni harakat qilyapmiz», dedi Stoltenberg 9 dekabr, juma kuni Norvegiyaning NRK telekanaliga bergan intervyusida.
Bundan biroz oldin RF prezidenti Vladimir Putin Rossiya AQShga o‘xshab, o‘zining harbiy doktrinasiga yadroviy qurolsizlantiruvchi zarba berish huquqini kiritishi mumkinligini aytgandi.
Oldinroq The New York Times gazetasiga bergan intervyusida Yyens Stoltenberg G‘arbda Ukrainani qo‘llab-quvvatlashdan «charchagan» hamda oziq-ovqat va energiya narxining yuqoriligidan norozi bo‘lganlarni «tushunishini» aytgan edi. Shu bilan birga, u Putin Ukrainada g‘alaba qozonib, G‘arb davlatlarida erkinlik va tinchlikni xavf ostiga qo‘ysa, G‘arb «ancha qimmatroq narx to‘lashiga» to‘g‘ri kelishini ta’kidladi.
Ukrainada urush boshlanganidan beri NATO va Rossiya o‘rtasidagi urush tahdidi haqida gaplar to‘xtamayapti. Ushbu tahdid tufayli G‘arb davlatlari Kiyevning Ukraina osmonini yopish haqidagi iltimosini bajarishdan bosh tortdi va bu davlatga qurol-yarog‘ yetkazib berishni chekladi. Rossiya rasmiylari NATO bu urushda Ukraina tomonida qatnashayotganini ta’kidlaydi.
Noyabr oyi o‘rtalarida Polshada raketa qulab, ikki kishi halok bo‘lganidan keyin NATO va Rossiya o‘rtasida urush xavfi borligi haqidagi xavotirlar kuchaydi. Avvaliga raketa Rossiya tomonidan uchirilgani haqida xabarlar tarqaldi, biroq keyinchalik G‘arbda bu Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimi raketasi ekanligi tan olindi.
Mavzuga oid
10:15 / 08.06.2026
O‘zbekiston NATO sherik davlatlari kunida ishtirok etdi
22:20 / 06.06.2026
NATO Ukrainaga 70 mlrd yevrolik harbiy yordam ajratish masalasini muhokama qilmoqda – OAV
09:37 / 25.05.2026
NATO sammiti oldidan Ukraina bo‘yicha bahslar kuchaydi
08:46 / 22.05.2026