Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroparlament vitse-prezidenti korrupsiyada gumonlanib qo‘lga olindi
Gretsiyadan Yevroparlament deputati Qatarga borgan va u qaytib kelgach, bu mamlakatda olib borilayotgan islohotlarni olqishlagan. Belgiya politsiyasi uni korrupsiyada gumon qilmoqda.
Belgiya politsiyasi 9 dekabr, juma kuni Bryusselda Yevroparlament vitse-prezidenti lavozimini egallagan Gretsiya parlamenti deputati Yeva Kaylini qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda AFP axborot agentligi. Qo‘lga olish hozirda jahon chempionatiga mezbonlik qilayotgan Qatar tomonidan ehtimoliy korrupsiyaga oid tergov doirasida yuz berdi. Bu ish bo‘yicha Bryusselda jami to‘rt kishi ushlangan.
Yeva Kayli a’zo bo‘lgan Gretsiya Sotsialistik partiyasi PASOK juma kuni uning partiyadan chiqarib yuborilganini e’lon qildi. Kayli Yevroparlament vakillaridan biri bo‘lib, Qatardagi mehnat bozoridagi vaziyatni kuzatib bordi, u yerda huquq himoyachilari Osiyo va Afrikadan kelgan mehnat muhojirlari huquqlarining ko‘plab buzilishi holatlarini qayd etishmoqda.
Yevroparlament Qatardan islohotlarni talab qildi, bu esa vaziyatning yaxshilanishiga olib kelishi kerak edi. Chempionat boshlanishidan biroz oldin Kayli Qatar mehnat vaziri Ali bin Samih Al-Marri bilan uchrashdi va 22 noyabr kuni Yevropa parlamentida nutq so‘zlab, Qatardagi mehnat bozori islohotiga eng ijobiy baho berdi, uni «arab dunyosini ilhomlantiruvchi» deb atadi.
Yeva Kaylidan tashqari uning Yevroparlamentdagi sherigi, shuningdek, italiyalik siyosatchi, kasaba uyushmalari birlashmasi vakili va nodavlat tashkilot xodimi qo‘lga olingan. Politsiya tintuv paytida kompyuterlar, mobil telefonlar va 600 ming yevroni musodara qildi.
Mavzuga oid
11:53 / 12.02.2026
Yevroparlament Ukraina uchun 90 mlrd yevro kreditni ma’qulladi
14:36 / 11.02.2026
Yevroparlament 2040 yilgacha YeIning iqlim maqsadlari haqidagi qonunni qabul qildi
09:48 / 11.02.2026
YeP Rossiyani “qishni qurolga aylantirish”da aybladi
14:39 / 10.02.2026