Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda begona qizning foto va videolarini internetda tarqatgan yigit ushlandi
Dastlabki surishtiruvda u qizning foto va videolarini Rossiyaga ishlashga ketgan tanishi internetda tarqatishi uchun berganini ma’lum qilgan.
IIV Kiberxavfsizlik markazining xabar berishicha, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida yashovchi qiz IIBga murojaat qilib, boshqalarga ko‘rsatib bo‘lmaydigan foto va videolarini noma’lum shaxs ijtimoiy tarmoqda tarqatayotganini bildirgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, foto va videolarni Jizzax shahrida yashovchi yigit tarqatayotgani aniqlangan.
Dastlabki surishtiruvda u qizning foto va videolarini jabrlanuvchining tanishi Sharof Rashidov tumanida yashagan, hozirda Rossiyaga mavsumiy ishchi sifatida ishlashga ketgan yigit ijtimoiy tarmoqlarda tarqatishi uchun berganini ma’lum qilgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan har ikki yigitga nisbatan Jinoyat kodeksining 140-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:07 / 25.01.2026
Namanganda «Eshon» laqabli bezori qo‘lga olindi
19:53 / 16.01.2026
Taftish.uz saytining 5 xodimi qo‘lga olindi. Ular tovlamachilik va firibgarlik jinoyatlarida ayblanmoqda
11:57 / 09.01.2026
Toshkentda taksichilardan pul undirgan guruh qo‘lga olindi
15:23 / 11.11.2025