O‘zbekiston | 10:07 / 12.12.2022
3890
2 daqiqa o‘qiladi

Slovakiya elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Slovakiya elchisi Yan Borini mamlakatdagi diplomatik missiyasi yakunlayotgani munosabati bilan qabul qildi.

Foto: Dunyo

Vazir Slovakiyaning Toshkentdagi diplomatiya missiyasiga besh yildan buyon rahbarlik qilib kelayotgan elchi ikki tomonlama munosabatlarni izchil rivojlantirishga qo‘shgan shaxsiy hissasini yuqori baholadi.

O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik dolzarb masalalari muhokama qilindi. Iqtisodiy diplomatiyani faollashtirish ustuvor ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Tovar ayirboshlash hozirgi darajasi ikki davlat mavjud iqtisodiy imkoniyatlari, inson va ishlab chiqarish resurslariga mos kelmaydi. Ushbu yo‘nalishda muloqotni institutsionallashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Oliy Majlisi palatalari va Slovakiya Milliy kengashi o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash yuzasidan ham o‘zaro fikr almashildi. Tomonlar «O‘zbekiston – Slovakiya – Yevropa Ittifoqi» va «Vishegrad guruhi + Markaziy Osiyo» formatlarida hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini qayd etdi. 

O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni tezroq imzolash zarurligi ta’kidlandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid