O‘zbekiston | 11:55 / 13.12.2022
17845
4 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona shahrida ham innovatsion imtihon markazi ochildi

Farg‘ona shahrida «Farg‘ona viloyati imtihon markazi» haydovchilik guvohnomalarini olish uchun imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha imtihon markazi ochildi.

12 dekabr kuni Farg‘ona shahrida «Farg‘ona viloyati imtihon markazi» innovatsion imtihon markazi ochildi.

Markaz bir kunda 450 nafardan oshiq talabgorni nazariy imtihondan, 300 nafardan oshiq talabgorlarni esa amaliy imtihondan o‘tkazish imkoniyatiga ega.

Butun jarayon to‘liq avtomatlashtirilgan. Markazga borgan nomzod individual QR-kodni oladi, buning yordamida imtihondan o‘tishning har bir bosqichi belgilanadi.

Nazariy imtihondan o‘tish uchun 20 ta savoldan kamida 18 tasiga to‘g‘ri javob berish talab etiladi. Buning uchun 25 daqiqa vaqt ajratilgan. Agar testning ushbu qismi muvaffaqiyatli topshirilsa, nomzod amaliy imtihonni topshirish huquqiga ega bo‘ladi.

Kutish zalida unga qo‘llanma beriladi, shuningdek, qanday mashqlarni bajarish kerakligi va ularning ketma-ketligini to‘liq ko‘rsatadigan videoqo‘llanma ham mavjud. Agar imtihonda 99 jarima balli chegarasidan oshib ketilmasa, topshirilgan hisoblanadi. Agar nomzod nazariy imtihonni muvaffaqiyatli topshirib, amaliy qismidan o‘ta olmasa, 2 oy ichida 7 kunlik interval bilan amaliy imtihonni qayta topshirish mumkin.

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi

Amaliy imtihon topshirish uchun markazda uchta uchastkaga bo‘lingan avtomatlashtirilgan avtodrom mavjud. Birida, «B», «C» va «D» toifalaridagi haydovchilik guvohnomalariga da’vogarlar haydovchilik, ya’ni avtomobil, yuk mashinasi va avtobusni boshqarishdan o‘tadilar. Ikkinchi bosqichda «A» toifali huquq – avtomototransport vositalariga ega bo‘lishni xohlovchilar amaliy ko‘nikmalarini namoyish etadilar. Uchinchisi, «Be», «Ce» va «De» toifalari — pritsepli atrotransport vositalarini boshqarmoqchi bo‘lganlar uchun.

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi

Nazariy va amaliy imtihondan o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha tayyorgarlikka muhtoj bo‘lgan nomzodlar uchun markazda ekspress kurslar tashkil etilgan.

Imtihonlarning har ikki bosqichini muvaffaqiyatli topshirgandan so‘ng, siz YHXBga murojaat qilishingiz kerak bo‘lgan sertifikat beriladi. Berilgan sertifikat YXHB ma’lumotlar bazasida tekshirilgandan so‘ng, haydovchilik guvohnomasi beriladi.

Markaz ochilishida Farg‘ona viloyati hokimi Bozorov Xayrulla Bozorov, vazir o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Bekmurod Abdullayev, IIV Jamoat xavfsizligi boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i polkovnik Olim Saidov so‘zga chiqdi.

Bugungi kunda yo‘l harakati xavfsizligi masalasi juda dolzarb hisoblanadi. Toshkent imtihon markazi shuni ko‘rsatadiki, fevral-dekabr oylari oralig‘ida 25 337 nafar nomzoddan 12 067 nafari imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan, aksariyati esa necha bor takroriy imtihonlardan so‘ng guvohnoma olishga muvaffaq bo‘lgan.

Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgani to‘g‘risidagi guvohnomani faqat yo‘l harakati qoidalarini, haydash ko‘nikmalarini bilgan va ularni amalda qo‘llay oladiganlar olishlari mumkin.

Mavzuga oid