13 noyabrdan Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida 4 ta fan böyiça yangi öquv dasturi va darsliklarni tajribadan ötkazişning ikkinçi bosqiçi boşlandi. Unda respublika böyiça jami 77 nafar öqituvçi hamda maktab rahbarlari qatnaşib, yangi metodikalar bilan tanişib çiqişmoqda.  

Qayd etilişiça, bundan oldingi malaka oşiriş kurslari 4-9 noyabr kunlari bölib ötgan.  

“Birinçi biz 179 nafar boşlanğiç sinf öqituvçilarini öqitgan edik. Bir oydan keyin boşlanadigan tajriba-sinov jarayonida 1-4-sinflarga dars beradigan hamma öqituvçilar qamrab olindi.

Agar mana şu davrda 2 çorak mobaynida şu xalqaro tajriba asosida yaratilgan darsliklar, öquv-metodik qöllanmalar, darsliklar özini oqlasa, yangi öquv yilidan boşlab ommaviy ravişda barça maktablarda qöllaniladi. Agar qaysidir jihatlarida takomillaştiriş zarur bölsa yoki qaysidir metodikalardan umuman voz keçiş zarur bölsa, sinov jarayonida bular ham körib çiqiladi”,– dedi Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti prorektori Mehriniso Pardayeva. 

Ta’kidlanişiça, 2 kun davom etadigan kurslarda tasviriy san’at, texnologiya, musiqa madaniyati va jismoniy tarbiya fanini öqitiş uslublari körib çiqilmoqda.  

“Treningda juda köp narsalarga, ya’ni öquv darsliklarida kommunikatsiya, kooperatsiya, ijodkorlik kabi jihatlarga e’tibor beriladi. Bundan taşqari, har bir darslikning QR kodini skanerlab, köriş ham mumkin. Bu juda katta qulayliklardan biri hisoblanadi. Çunki aynan şu imkoniyat orqali öquvçilar ba’zi maşğulotlarni özi mustaqil bajarişi ham mumkin”,– dedi seminar öqituvçisi Gulmira Jörayeva.

Muloqot va öquv-seminar tarzida ötayotgan malaka kurslarida öqituvçilar darsliklarning mazmuni, elektron va raqamli resurslardan foydalaniş, öqitiş metodikasiga doir bilimlarini oşirişi maqsad qilingan.