Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh: Ukrainadagi qurollar noqonuniy maqsadda ishlatilayotgani haqida ma’lumot yo‘q
AQSh Mudofaa vazirligi Ukrainaga yetkazib berilayotgan qurol-yarog‘larning noqonuniy maqsadlar uchun ehtimoliy uzatilishi haqida ma’lumotga ega emas.
«Ayni paytda bizda Ukrainaga taqdim etilayotgan yordam noqonuniy maqsadlarda qayta yo‘naltirilishini ko‘rsatadigan yoki isbotlaydigan ishonchli ma’lumotlar yo‘q», dedi Pentagon matbuot kotibi Patrik Rayder brifingda.
«O‘ylaymanki, jang maydonidagi natijalar vaziyat aslida qanday ekanidan dalolat beradi», — deya qo‘shimcha qildi u.
Avvalroq G7 Ukrainaga misli ko‘rilmagan yordamni davom ettirishga va’da bergandi.
«Rossiya bosqinchilik urushiga misli ko‘rilmagan muvofiqlashtirilgan sanksiyalar javobiga sodiq qolamiz. Rossiyaga hamda cheklovchi choralardan qochgan va ularga putur yetkazadiganlarga iqtisodiy bosimni saqlab qolamiz va kuchaytiramiz». Bu haqda G7 yetakchilari va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonotida aytiladi.
«Biz Rossiyaning bosqinchilik urushi, energiya va oziq-ovqatdan qurol sifatida foydalanishi oqibatlaridan jiddiy jabr ko‘rayotgan zaif mamlakatlarga yordam berishda davom etamiz», — deyiladi hujjatda.
«Biz Ukrainaning harbiy va mudofaa texnikasiga bo‘lgan favqulodda ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishda davom etamiz», Kiyevni «havo hujumidan mudofaa tizimlari va vositalari» bilan ta’minlashga katta e’tibor qaratamiz, deya ta’kidladi G7. Bu haqda Britaniya bosh vaziri Rishi Sunakning idorasi bayonot berdi.