Daniyaning eng yirik banki Rossiyaga AQSh moliya tizimiga kirish imkoniyatini berganini tan oldi
Bank rossiyalik «yuqori xavfdagi» mijozlardan AQSh moliya tizimiga yashirincha pul o‘tkazgan.
Daniyaning eng yirik Danske Bank muassasasi AQSh banklariga qarshi firib ishlatganini tan oldi.
AQSh Adliya vazirligi bayonotiga ko‘ra, Danske Bank AQSh moliya tizimiga kirish uchun ko‘p milliard dollarlik sxemani amalga oshirgan.
Sud hujjatlarida qayd etilishicha, bank Rossiyadagi «yuqori xavfli» mijozlardan AQSh moliya tizimiga yashirincha pul o‘tkazgan. Oqibatda, AQSh banklari Danske Bank mijozlari nomidan 160 milliard dollarni ishlatgan.
«Yillar davomida Danske Bank milliardlab dollarlik shubhali va jinoiy mablag‘larni o‘tkazish uchun AQSh banklarini aldab kelgan. Bu bilan Danske Bank AQSh qonunlarini ataylab buzgan. U AQSh orqali jinoiy va shubhali daromadlarni yuvishga yordam bergan va mamlakat moliyaviy tizimiga putur yetkazganini yaxshi biladi», deyiladi AQSh prokurori Demian Uilyams bayonotida.
Sud hujjatlariga ko‘ra, 2008 va 2016 yillar oralig‘ida Danske Bank Estoniyadagi filiali orqali firibgarliklarni muntazam amalga oshirib kelgan.
Danske Bank moliyaviy firibgarlikni amalga oshirgani haqidagi ayblovni tan olgan va 2,059 milliard dollar miqdorida jarima to‘lashga rozi bo‘lgan. Shuningdek, yana 2 milliard dollarni kompensatsiya sifatida to‘lashni zimmasiga olgan.
2017 yil mart oyida Danske Bank Estoniyadagi filiali orqali Rossiya pullarini xorijga chiqarish amaliyotiga aloqadorligini tan olgan edi.
Qayd qilinishicha, jinoiy sxema orqali 700 milliard rubldan ortiq pullar xorijga o‘tkazib berilgan. Pullar benefitsiarlari Rossiya temiryo‘llari pudratchisi Aleksey Krapivin, «Lanit» guruhi egasi Georgiy Gens va «Marvel» xoldingi egasi Sergey Girdin ekani aytilmoqda. Shuningdek, ushbu sxemani tashkil qilishda Rossiya xavfsizlik kuchlari xodimlari, FXX ham ishtirok etgani ma’lum qilingan. Sxemaga aloqadorlikda boshqa xorij banklari, jumladan, HSBC, UBS va Bank of China nomlari ham tilga olingan edi.
Mavzuga oid
00:36
Rossiya BMTning Sudanda o‘t ochishni to‘xtatish rezolyutsiyasiga veto qo‘ydi
21:54 / 18.11.2024
Tramp noqonuniy migrantlarni ommaviy deportatsiya qilish rejasi borligini tasdiqladi
21:08 / 18.11.2024
Oq uy Ukrainaga AQSh qurollari bilan Rossiyaga zarba yo‘llashga ruxsat berilganini tasdiqlamadi
20:14 / 18.11.2024