Mixail Saakashvili ochlik e’lon qilib, bir necha soatdan keyin uni to‘xtatdi
Gruziyaning sobiq prezidenti sud bilan videomuloqot yo‘qligidan norozi bo‘lgan edi.

Foto: AP
Gruziyaning sobiq prezidenti, rasmiy vakolatlarini suiiste’mol qilish va g‘arazli ishlatishda ayblanib, olti yillik qamoq jazosiga hukm etilgan Mixail Saakashvili ochlik e’lon qilib, bir necha soatdan keyin uni to‘xtatdi.
Bu haqda Saakashvilining advokati orqali yo‘llagan maktubida aytiladi. Avvalroq sobiq prezident o‘z advokati orqali Tbilisi shahar sudi bilan videomuloqot yo‘qligiga norozilik sifatida ochlik e’lon qilishini ma’lum etgandi.
«Ochlik e’lon qilishimni to‘xtatishimning sabablaridan biri bu tanqidchilarga ataylab sog‘lig‘imga zarar yetkazayotganim haqida gapirishga imkon bermaslikdir. Ikkinchi va asosiy sabab shuki, yevropalik parlamentariylar meni ochlik e’lon qilishdan voz kechishga undadi va huquqlarimni himoya qilish uchun doimiy monitoring olib borishga va’da berdi», deb yozdi Mixail Saakashvili.
14 dekabr kuni uning advokati Shalva Xachapuridze mijozining ochlik e’lon qilgani haqida xabar bergan edi. Saakashvili «o‘z sudida ishtirok etishi uchun qat’iy kafolat olmaguncha» ochlikni to‘xtatmasligini aytdi.
Hozirda sobiq prezident Vivamedi elita klinikasida turli endokrinologik va ruhiy kasalliklardan davolanmoqda. So‘nggi paytlarda u 120 kilogrammdan 73 kilogrammgacha vazn yo‘qotdi.
Mavzuga oid

21:42 / 08.04.2025
“Yevropa va Osiyoning o‘rtasidamiz” – Gruziya parlamentining antig‘arbona qarashlarga ega raisi

16:13 / 17.03.2025
Saakashvili yana 4,5 yillik qamoq jazosini oldi

12:30 / 12.03.2025
Saakashviliga 9 yil qamoq jazosi berildi

21:03 / 25.11.2024