Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan xorijiy ijtimoiy tarmoqlarda reklama berish tizimi o‘zgaradi
Xorijiy ijtimoiy tarmoqlarda reklama berish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hujjat loyihasi e’lon qilindi.
Loyiha bilan Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda tashqi savdo operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 16-bandi quyidagi tahrirdagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilmoqda:
“Bunda, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan tashqi savdo operatsiyalari doirasida xorijiy ijtimoiy tarmoqlarda reklama berish xizmatlari uchun TSOYaEATga ma’lumotlarni kiritmagan holda, chet el valutasidagi korporativ bank kartalaridan kalendar oyida 5000 (besh ming) AQSh dollaridan oshmagan miqdorda to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin”.
Taklif etilayotgan loyihani qabul qilish orqali quyidagi natijalarga erishiladi:
- elektron tijoratni rivojlantirish yuridik shaxslar tomonidan xorijiy ijtimoiy tarmoqlarda reklama berish xarajatlarini korporativ xalqaro valuta kartalari yordamida to‘lash yo‘nalishida huquqiy va me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish;
- ichki va xalqaro bozorlarda tadbirkorlik sub’yektlari samarali raqobati uchun reklama berish imkoniyatlarini kengaytirish;
- eksport salohiyatini oshirish va elektron tijorat sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
- aholi va tadbirkorlik sub’yektlari o‘rtasida elektron tijoratni rivojlantirish va ommalashtirish.
Tavsiya etamiz
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yevropa Ittifoqi va Xitoyga yangi bojlar bilan tahdid qilmoqda
Jahon | 11:15
-
Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyatiga hokim bo‘ldi
O‘zbekiston | 11:11
-
Turkiyadagi mehmonxonada yong‘in: qurbonlar soni 76 kishiga yetdi, 9 kishi qo‘lga olingan
Jahon | 11:04
-
Shaxsni tergov hibsxonasiga joylashtirishdan avval tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish majburiy bo‘ladi
O‘zbekiston | 10:52
Mavzuga oid
15:10 / 13.12.2024
Onkologik kasalliklar davosi haqida reklama joylashtirgan MChJ jarimaga tortildi
22:08 / 28.11.2024
Avstraliyada bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlovchi qonun qabul qilindi
20:40 / 28.11.2024
TikTok o‘smirlarga «go‘zallik filtrlari»dan foydalanishni cheklaydi
09:43 / 14.11.2024