Özbekiston prezidentining farmoni bilan Erkinjon Oqbötayeviç Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Erkinjon Turdimov 1969 yil Samarqand viloyati Qöşrabot tumanida tuğilgan. 1991 yilda Toşkent xalq xöjaligi institutini tamomlagan. Mutaxassisligi böyiça iqtisodçi.

1991 yildan bank tizimida faoliyat boşlagan, 1995–1996 yillarda Zarafşon şahar hokimining iqtisodiyot masalalar böyiça örinbosari bölgan, 1996–2000 yillarda Taşqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining Navoiy viloyat bölimi boşqaruvçisi sifatida işlagan.

2000–2008 yillarda Xatirçi tumaniga hokimlik qilgan. 2008 yilda bir muddat Qişloq va suv xöjaligi vazirining qişloqda iqtisodiy islohotlar masalalari böyiça birinçi örinbosari bölgan.

2008–2016 yillarda Navoiy viloyati hokimi, 2016–2018 yillarda Surxondaryo viloyati hokimi sifatida faoliyat körsatgan.

2018 yil 13 iyuldan Samarqand viloyati hokimi lavozimida işlay boşlagan, 2024 yil noyabrida salomatligi tufayli lavozimini tark etgandi.

Sirdaryo viloyatiga 2022 yil 26 noyabrdan buyon Akmaljon Mahmudaliyev rahbarlik qilayotgandi, u 2024 yil 16 yanvar kuni investitsiyalarni jalb qiliş, qişloq xöjaligini rivojlantiriş va boşqa yönalişlardagi faoliyatda jiddiy kamçiliklarga yöl qöygani uçun işdan olingandi.