Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda muqaddam 4 marotaba sudlangan shaxs bir kechada 13 ta do‘konni o‘mardi
Voqea Mingbuloq tumanida sodir bo‘lgan.
Namangan viloyati IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2013, 2014 va 2018 yillarda sudlangan shaxs bir kechada 13 ta do‘konga o‘g‘rilikka tushgan.
12 noyabr kuni soat 22:00 lar atrofida u Mingbuloq tumani Jo‘masho‘y shaharchasiga kelib, Bog‘i Eram va Ozodlik ko‘chalaridagi savdo do‘konlarini «tekshiruvdan» o‘tkazgan.
13 noyabr kuni soat 00:31 lar atrofida u qora rangdagi tibbiy niqob kiyib, uyali telefonlar do‘konini talon-toroj qilgan. Shundan so‘ng, ertalabgacha u yana 12 ta do‘konga o‘g‘rilikka tushgan.
«13 ta do‘konda u 130 million so‘mlik tovarlarni o‘zlashtirgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi (o‘g‘rilik) «a» bandi bilan ish qo‘zg‘atildi», — dedi Mingbuloq tumani IIB tergov bo‘limi boshlig‘i Elmurod Olimov.
Ushbu shaxs protsessual tartibda ushlangan.
Mavzuga oid
10:37 / 07.07.2026
Toshkentda onlayn qimor uchun mashina o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi
09:35 / 04.07.2026
Namanganda narkolaboratoriya fosh etildi
20:20 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan xalqaro gullar festivalining mehmoni bo‘ldi
17:48 / 23.06.2026