O‘zbekiston | 07:30 / 17.12.2022
4274
4 daqiqa o‘qiladi

Davlat nazorati asoslari to‘g‘risidagi qonun loyihasi e’lon qilindi

“Davlat nazorati asoslari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

Qonun loyihasi 6 bob va 63 moddadan iborat bo‘lib, quyidagi tartibda bayon etilgan:

  • birinchi bobda qonun loyihasi maqsadi, asosiy tushunchalari (davlat nazorati, nazorat qiluvchi organlar, nazorat qilinuvchi shaxslar, nazorat tadbiri, majburiy talablar), davlat nazorati asosiy vazifalari va tamoyillari, davlat nazorati obektlari va sub’yektlari, davlat nazoratini amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar hamda davlat nazorati turlari to‘g‘risidagi qoidalar aks ettirilgan;
  • ikkinchi bobda nazorat qiluvchi organlar (Oliy Majlis, Konstitutsiyaviy sud, Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakili, Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Vazirlar Mahkamasi, Hisob palatasi, Markaziy bank, prokuratura organlari, nazorat funksiyalariga ega bo‘lgan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari) vakolatlariga oid qoidalar bayon etilgan;
  • uchinchi bobda nazorat qiluvchi organlar hamda nazorat qilinuvchi shaxslar huquq va majburiyatlari, nazorat tadbirlarida guvoh, ekspert, mutaxassis ishtiroki, ular huquq va majburiyatlari, nazorat qiluvchi organ mansabdor shaxsi yoki davlat nazoratini amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxs rad etilishi va uning o‘zini o‘zi rad etishi to‘g‘risidagi qoidalar nazarda tutilmoqda;
  • to‘rtinchi bobda nazorat tadbirlarini o‘tkazish asoslari, nazorat tadbirlarini o‘tkazishga qo‘yiladigan umumiy talablar, nazorat tadbirlari turlari, davlat nazoratini hisobga olish va turkumlashga oid qoidalar belgilanmoqda;
  • beshinchi bobda nazorat tadbirlari natijalari va ular ijro etilishi, nazorat tadbirini o‘tkazgan nazorat qiluvchi organ va uning mansabdor shaxslari qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish tartibi to‘g‘risidagi qoidalar nazarda tutilmoqda;
  • oltinchi bobda davlat nazorati sohasidagi faoliyatni moliyalashtirish, davlat nazorati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik, nizolarni hal etish to‘g‘risidagi qoidalar aks ettirilgan.

Qonun loyihasi qabul qilinishi natijasida quyidagi natijalarga erishilishi kutilmoqda:

  • davlat nazorati faoliyatini tashkil etish aniq huquqiy asoslarini belgilash;
  • davlat nazorati faoliyati asosiy tamoyillarini qonunchilik bilan tartibga solish;
  • davlat nazorati turlarini tizimlashtirish va ularni amalga oshirish mexanizm va tartib-taomillarini belgilash;
  • nazorat tadbirlari natijalari va ular ijro etilishi, nazorat qiluvchi organ qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish tartibini belgilash;
  • davlat nazorati tadbirlari yagona hisobini yuritish tizimini yaratish;
  • “davlat nazorati” va “davlat tekshiruvi” so‘zlarini bir xil qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida qonunchilikda “nadzor” so‘zidan to‘liq voz kechish orqali faqat “kontrol” so‘zidan foydalanishni yo‘lga qo‘yish.

Mavzuga oid