Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Quyosh fotoelektrik stansiyalari qurgan shaxslarga kompensatsiya beriladi
Energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish hamda ushbu maqsadlarga olingan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlari bir qismini qoplash uchun budjet mablag‘lari hisobidan kompensatsiya ajratiladi.
Kompensatsiya quyidagi xarajatlar bir qismini qoplash uchun ajratiladi:
- jismoniy shaxslarga quyosh fotoelektrik stansiyalari, quyosh suv isitkichlari, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarni sotib olish xarajatlari 30 foizi miqdorida, biroq:
- quyosh fotoelektrik stansiyalari uchun – 3 million so‘mdan;
- quyosh suv isitkichlari uchun – 1,5 million so‘mdan;
- energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalar uchun – 200 ming so‘mdan oshmaydigan miqdorda;
qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalar va qozonlar, energiya samarador boshqa uskunalarni xarid qilish uchun olingan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlari bir qismini qoplashga:
- jismoniy shaxslarga – 500 million so‘mdan oshmaydigan kreditlar bo‘yicha – Markaziy bank qayta moliyalash stavkasidan oshgan qismida, biroq 8 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
- yuridik shaxslarga – 5 milliard so‘mdan oshmaydigan kreditlar bo‘yicha – Markaziy bank qayta moliyalash stavkasidan oshgan qismida, biroq 5 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda.
Mavzuga oid
18:30 / 30.11.2025
Orol dengizining qurigan tubida ilmiy-tadqiqot stansiyasi ish boshladi
11:02 / 25.11.2025
Toshkent havosi doimiy onlayn nazorat qilinadi: 347 ta stansiya yagona tizimga ulanadi
07:36 / 23.10.2025
Foto: tashlandiq tadqiqot stansiyasini “egallagan” oq ayiqlar
21:33 / 12.06.2025