Prezident Şavkat Mirziyoyev 2025 yil 24 noyabrda Toşkent şahrida ekologik vaziyatni yaxşilaş böyiça keçiktirib bölmaydigan çora-tadbirlar haqidagi farmonni imzoladi. Hujjat poytaxtda havo ifloslanişini kamaytiriş va iqlim özgarişi oqibatlarini yumşatişga qaratilgan.
Ekologiya qömitasiga havo sifati monitoringini kuçaytiriş, Toşkentdagi ifloslaniş darajasini doimiy kuzatib boriş topşirilgan.
Şu maqsadda Air Monitoring Uzbekistan platformasiga gidrometeorologik xizmat tizimidagi barça kuzatuv stansiyalarini, jumladan, yangi örnatiladigan avtomatik postlarni ulaş rejalaştirilgan.
Farmonga muvofiq, atmosfera havosining PM2.5 kabi mayda zarraçalar bilan ifloslaniş manbalarini aniqlaşga ixtisoslaşgan maxsus laboratoriya taşkil etiladi.
U, jumladan, kosmik tasvirlar, zamonaviy ölçov uskunalari va modellaştiriş texnologiyalari asosida tahlillar olib boradi, qabul qilinayotgan ekologik qarorlarni ilmiy jihatdan asoslaşga xizmat qiladi.











