OAV: Huawei Rossiyadagi bo‘linmalaridan birini tarqatib yuboryapti
1 yanvardan boshlab Huawei’ning Rossiyada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha korporativ savdo bo‘limi yopiladi, deb yozadi «Kommersant». Nashrga ko‘ra, bu qaror sanksiyalar xavfi bilan bog‘liq.
Xitoyning smartfon va aloqa uskunalari ishlab chiqaruvchi Huawei kompaniyasi Rossiyadagi bo‘linmalaridan birini yopmoqda, deb yozadi «Kommersant». 1 yanvardan boshlab axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ma’lumotlarni saqlash tizimlari va telekommunikatsiya uskunalarini korporativ sotish bilan shug‘ullangan Enterprise Business Group bo‘linmasi o‘z faoliyatini to‘xtatadi, deb yozadi gazeta 19 dekabr, dushanba kuni nomini oshkor etmagan suhbatdoshiga tayanib.
Bo‘linmada 2 mingga yaqin odam ishlagan, ulardan MDHning boshqa mamlakatlariga ko‘chish yoki ishdan bo‘shash so‘ralgan. Kompaniya hozircha Rossiya vakolatxonasini saqlab qoladi va Ukrainadagi faol harbiy harakatlar to‘xtatilgandan so‘ng ishni davom ettirishga tayyor, dedi manba nashrga. Qaror ikkilamchi sanksiyalar xavfi bilan bog‘liq, deya xabar beriladi qo‘shimcha ravishda.
Shu bilan birga, Xitoy konserni Rossiyada maishiy elektronika sotish biznesini, shuningdek, Moskva, Sankt-Peterburg, Nijniy Novgorod va Novosibirskda joylashgan ilmiy-tadqiqot markazlarini saqlab qoladi, deya ta’kidlaydi «Kommersant». Bu markazlar, jumladan, 5G aloqa standarti, nutqni qayta ishlash va yaratish texnologiyalari, kompyuterda ko‘rish, kengaytirilgan va virtual reallik tizimlari hamda mashinalarni o‘rganish texnologiyalarini ishlab chiqadi.
«Kommersant»ning yozishicha, Huawei yetkazib berishi parallel import orqali ta’minlanadi. Huawei ofisining yopilishi uskunani sotib olishni qiyinlashtiradi, chunki parallel import zarur tezlik va assortimentni ta’minlamaydi, dedi gazetaga Msning texnologiyalar bo‘yicha birinchi vitse-prezidenti Pavel Voronin.
Ukrainaga bostirib kirish xorijiy biznesning Rossiyadan chiqib ketishiga olib keldi: bunga axloqiy mulohazalar ham, sanksiyalar va gumanitar inqiroz oqibatlari ham ta’sir ko‘rsatdi. Yyel menejment maktabi ma’lumotlariga ko‘ra, 14 dekabrga kelib, iqtisodiyotning ko‘plab sohalaridagi mingdan ortiq xorijiy kompaniyalar Rossiyani tark etgan, mamlakatdagi faoliyatini qisqartirgan yoki to‘xtatgan.
Tavsiya etamiz
"Husanov tezroq ingliz tilini o‘rganishiga umid qilaman. Uning jismoniy ko‘rsatkichlari ajoyib" – Gvardiola Abduqodir Husanov haqida
Sport | 23:12 / 22.01.2025
Katanets ketdi. U O‘zbekistonni JChga yaqinlashtirgandi
Sport | 21:24 / 22.01.2025
“Oxirgi so‘zni Oliy sud aytadi” - tahlilchilar Trampning antimigratsiya choralari haqida
Jahon | 16:10 / 22.01.2025
Bayden oila a’zolari va Kapitoliyga hujum tergovchilarini oldindan afv etdi. Bu nima uchun kerak?
Jahon | 15:46 / 22.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT bosh kotibi 2025 yildagi asosiy tahdidlarni sanadi
Jahon | 21:11 / 22.01.2025
-
Kreml vakili Tramp tahdidiga javob qaytardi
Jahon | 17:45
-
Toshkentda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Jamiyat | 17:42
-
FT: Kiyev G‘arbdagi ittifoqchilari Ukrainaga 50 ming harbiy yuborishiga umid qilmoqda
Jahon | 17:28
Mavzuga oid
17:45
Kreml vakili Tramp tahdidiga javob qaytardi
15:50
Ravshan Askerov Rossiyada «terrorchilar va ekstremistlar» ro‘yxatiga kiritildi
10:15
Rossiyaning Zaporijjyaga yangi raketa zarbasi: kamida 16 kishi yaralandi
23:41 / 22.01.2025