O‘zbekiston | 17:16 / 19.12.2022
9836
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Kaspiy va Qora dengizlari orqali Yevropaga yuk yetkazib berishni boshladi

16 dekabr kuni «OGMK» AJ yuklaridan iborat birinchi konteyner blokli poyezd Bolgariyaning Burgas bandargohiga jo‘nab ketdi.

Ushbu yuk poyezdi mis konsentrati ortilgan 46 vagon va 91 dona 20 futlik konteynerdan iborat. Mis konsentrati bo‘lgan birinchi poyezd umumiy masofasi 4000 kmdan ortiq bo‘lgan yo‘nalishni qamrab oladi.

Konteyner poyezdi «O‘zbekiston – Turkmaniston – Ozarboyjon – Gruziya – Bolgariya/Yevropa» yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanadi.

Ushbu poyezd harakatlanishi xorijiy hamkorlar - Turkmanistonning «TLsT», Ozarboyjonning «ADY Container LLC» va Gruziyaning «GR Logistics and Terminals» kompaniyalari bilan o‘zaro hamkorlikda tashkil etildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid