Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
200 mingdan ortiq o‘zbekistonliklar dam olish uchun Turkiyaga borgan
2022 yil 10 oyida 558,6 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari dam olish va hordiq chiqarish uchun xorijga chiqqan.
Foto: Kun.uz
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zbekistonliklar dam olish va hordiq chiqarish uchun eng ko‘p safar qilgan davlatlar orasida Turkiya birinchi o‘rinni egalladi – 202,1 ming kishi.
Undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 87,9 ming kishi hamda 49 ming kishi safar qilgan BAA va Saudiya Arabistoni joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Misr – 29,5 ming kishi;
- Kuvayt – 9,6 ming kishi;
- Janubiy Koreya – 9,4 ming kishi;
- AQSh – 8,4 ming kishi;
- Gruziya – 6,7 ming kishi;
- Hindiston – 4,9 ming kishi;
- Germaniya – 3,5 ming kishi.
Mavzuga oid
18:16 / 21.01.2026
Erdo‘g‘an O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri va kuch tuzilmalari rahbarlarini qabul qildi
10:40 / 21.01.2026
Turkiyada qamoqdagi o‘zbeklar bilan konsullik suhbati o‘tkazildi
18:21 / 15.01.2026
Eron yiqilsa, nima bo‘ladi?
10:51 / 14.01.2026