Jahon | 21:45 / 20.12.2022
12851
2 daqiqa o‘qiladi

«Odamxo‘rlarni ezamiz» - targ‘ibotchi Simonyan Putinni maqtadi 

Putindan ordenni qabul qilib olgan RT kanali rahbari unga shu tarzda minnatdorchilik bildirdi. 

Foto: Getty Images

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Russia Today telekanali bosh muharriri Margarita Simonyanni «vatan oldidagi xizmatlari uchun» «Hurmat ordeni» bilan taqdirladi. 

Mukofotni qabul qilib olgan Simonyan Putinning qulog‘iga nimanidir shivirladi, so‘ngra mikrofon oldida uni maqtadi. Video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. 

«Har kuni Donetskda sodir bo‘layotgan voqealarni ko‘rib, xavotir olmaslik va hayajonlanmaslikning iloji yo‘q. Og‘riq va qon to‘kish orqali odamlarimizni bu odamxo‘rlarning qonli changalidan qutqarayotganingiz uchun sizga rahmat. Bunga qaror qilganingiz uchun rahmat. Biz esa buning uchun yordam beramiz, bizdan qanchalik talab qilsangiz, bu odamxo‘rlarni shunchalik ezaveramiz», dedi Simonyan. 

Marosimda Putin nafaqat Simonyanni, shuningdek, tan olinmagan «LXR» va «DXR» rahbarlari Leonid Pasechnik va Denis Pushilinni, shuningdek, Zaporojye va Xerson viloyatlarining bosqinchi ma’muriyati rahbarlari Vladimir Saldo va Yevgeniy Balitskiyni ham medal bilan taqdirladi. 

Mavzuga oid

E`lonlar