O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti hajmi ilk bor 80 mlrd dollardan oshdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasi boshlandi.
Shavkat Mirziyoyevning ma’lum qilishicha, yalpi ichki mahsulot hajmi ilk bor 80 milliard dollardan oshdi, 2018 yilda 52 milliard dollar bo‘lgan.
Iqtisodiyotga shu yilning o‘zida 8 milliard dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar kirib keldi, eksport 19 milliard dollarga yetdi.
Davlat rahbari mamlakat milliy rivojlanishning yangi davriga dadil qadam qo‘yayotgani, hayot barcha jabhalarida ulkan o‘zgarishlar yuz berayotganini ta’kidladi.
“Behisob shukur, bu yil aholimiz 36 milliondan oshdi. Har yili safimizga qariyb 900 ming yangi avlod qo‘shilmoqda.
O‘zbekiston deb atalmish katta va inoq oilaning har bir a’zosi tinch va farovon hayot kechirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish uchun tinimsiz izlanyapmiz.
Yakuniga yetayotgan 2022 yil g‘oyat murakkab va sinovli yil bo‘ldi, desam, har tomonlama to‘g‘ri bo‘ladi.
Ushbu davrda to‘plagan tajribamiz bir haqiqatni yaqqol isbotlab bermoqda: taraqqiyot – faqat va faqat jasoratli mehnat orqali bo‘ladi!” - dedi prezident.
Mavzuga oid
18:40
Shavkat Mirziyoyev Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyerga ta’ziya yo‘lladi
14:34 / 20.12.2024
Yangilangan Bojxona kodeksi loyihasi ishlab chiqiladi
14:30 / 20.12.2024
O‘zbekistonda kamida 100 mlrd so‘m soliq to‘layotgan 142 nafar “chempion” tadbirkor paydo bo‘ldi
14:14 / 20.12.2024