Samarqand va Namangan shaharlari respublika bo‘ysunuviga o‘tkaziladi
Samarqand va Namangan shaharlari Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi. Xuddi Toshkent shahri kabi bosh vazir nazoratida bo‘ladi.

Prezident Samarqand va Namangan shaharlarini alohida ma’muriy-hududiy birliklar sifatida respublika bo‘ysunuviga o‘tkazishni taklif qildi.
«Ma’muriy islohotlar doirasida yana bir muhim tashabbusni ilgari surmoqchiman.
Hozirga kelib Markaziy Osiyoda aholisi milliondan ortiq shaharlar 7 taga yetdi.
Mintaqamizda poytaxtlar bilan bir qatorda, boshqa yirik shaharlar ham “o‘sish nuqtalari”ga aylanmoqda.
Bular orasida Samarqand va Namangan shaharlari ham bor. Ularning har birida aholi soni bir millionga yetmoqda.
Ikkala shaharda ham ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Samarqand shahri dunyo taniydigan megapolisga, xalqaro turizm va biznes markaziga aylandi.
Namangan ham sanoat, tadbirkorlik, ta’lim, madaniyat sohalarida mintaqaviy markaz sifatida o‘z o‘rnini topmoqda.
Shu bois, Samarqand va Namangan shaharlarini alohida ma’muriy-hududiy birliklar sifatida respublika bo‘ysunuviga o‘tkazishni taklif qilaman», — Shavkat Mirziyoyev.
Samarqand va Namangan shaharlari Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi.
«Endi, ushbu viloyat hokimlari faqat yirik shaharlar bilan emas, tumanlarda sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha ham ishlashi talab etiladi.
Har ikkala shaharni rivojlantirish dasturi Vazirlar Mahkamasida tasdiqlanib, ularning ijrosi uchun bevosita Bosh vazir javob beradi», — Shavkat Mirziyoyev.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
MDH davlatlarida mashhur bloger EVOS brendi faoliyati haqida ko‘rsatuv tayyorladi
O‘zbekiston | 19:00
-
Rossiyada geroindan 5 ming barobar kuchliroq bo‘lgan yangi Xitoy giyohvand vositasi tarqaldi
Jahon | 18:48
-
Namanganda YPX mashinasi bilan to‘qnashgan Cobalt haydovchisi qariyb 2 oydan beri komada yotgani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston | 18:20
-
Ilon Maskda muammolar: uning biznesi zarar ko‘rmoqda, Tramp bilan esa ilk kelishmovchilik chiqqan
Jahon | 18:10
Mavzuga oid

13:24 / 28.11.2024
“Samarqandni odamlar shahriga aylantirishimiz kerak, hozir mashina-shaharga aylangan” - Turdimov

21:39 / 27.11.2024
Samarqandda tramvayning 3-yo‘nalishi ochilishi mumkin

14:06 / 11.10.2024
Ruldagi bola qamalar, Gentra’ni ijaraga bergan-chi? Noqonuniy mashina ijarasi o‘smirlar o‘limiga sabab bo‘lmoqda

12:10 / 10.10.2024